Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Zamonaviy bank mahsulotlari va xizmatlari” mavzusida onlayn veb-seminar

Yangilangan sana: 29 Aprel 2021, 17:15
 “Zamonaviy bank mahsulotlari va xizmatlari” mavzusida onlayn veb-seminar
23 Apr 2021

2021-yilning 22-aprel kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasi bilan hamkorlikda Bank mijozlari va Birja savdolarida ishtirok etuvchi korxona va tashkilotlar oʻrtasida vebinar boʻlib oʻtdi.

Vebinarni tashkillashtirishdan asosiy maqsad Bank tomonidan joriy etilgan zamonaviy bank xizmatlari hamda Birja savdosi ishtirokchilari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar boʻyicha batafsil maʼlumot berish hisoblanadi.

Vebinarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyo birjasining Boshqaruv raisi oʻrinbosarlari, hududiy filiallari masʼul rahbarlari, bank mijozlari, birja savdosi ishtirokchilari boʻlgan korxonalar va brokerlar ishtirok etishdi.

Vebinarni Boshqaruv raisi birinchi oʻrinbosari v.v.b. K.Gabbazov ochib berdi. Shuningdek, Trastbank Departament direktorlari O.Dusmuxamedov va V.Pay bankning milliy va xorijiy valyutadagi zamonaviy bank xizmatlari boʻyicha batafsil maʼlumotlar taqdim etdi.

          Vebinar ishtirokchilarining Bank va Birja faoliyati bilan bogʻliq savollariga batafsil javoblar berildi. Shuningdek, vebinar ishtirokchilari tomonidan Bank va Birja faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflar berildi.

 

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 761
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech