Kuni kecha “Trastbank” XABning “Darxon”, “Namangan”, “Andijon” va “Farg‘ona” bank xizmatlari ofislari xodimlari uchun “Sirli mijoz” usuli asosida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan navbatdagi o‘rganish natijalari yuzasidan amaliy seminarlar tashkil etildi.Ularda “Sirli mijoz” usuli asosida o‘rganish natijalarida bank xizmatlari ofislari va markazlari, valyuta ayirboshlash shoxobchalari, “Reception” yo‘nalishlarida faoliyat olib boruvchi xodimlarning mijozlarga o‘rnatilgan standartlar asosida xizmat ko‘rsatishdagi ijobiy holatlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar bo‘yicha tahliliy maʼlumotlar taqdim etildi.
Har bir xodimga mijozga xizmat ko‘rsatish jarayonini baholash bo‘yicha batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.
Bundan tashqari, amaliy seminar tashkilotchilari tomonidan bank xizmatlari ofislarida xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, amaliy seminar yakunida bank xodimlarining barcha qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.