Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Yil faoli nominatsiyasi g‘olibi

Yangilangan sana: 23 Fevral 2018, 11:25
Yil faoli nominatsiyasi g‘olibi
22 Fev 2018

“Toshkent” Respublika fond birjasi tomonidan 2017 yil davomida birja savdolarida faol bo‘lgan emitentlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Birja savdo aylanmasi hajmi bo‘yicha “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki “2017 yilning eng faol emitenti” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi va “Toshkent” Respublika fond birjasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.

Trastbankstatuetka0.jpg

O‘tgan yil davomida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining yangi chiqarilgan umumiy 80 mlrd. so‘mlik aksiyalari (umumiy nominal qiymati 60 mlrd. so‘m) to‘liqligicha fond birjasi orqali joylashtirildi.

2017 yilda fond birjasida bank aksiyalari bilan 95 ta savdo bitimi amalga oshirilib, sotilgan bir dona aksiyaning eng yuqori narxi – 1 324 so‘mni eng past narxi esa – 1 000 so‘mni tashkil etdi. Bank aksiyalari “Toshkent” Respublika fond birjasi birja kotirovka varag‘ining “A” toifasiga kiritilgan.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 2193

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech