Navro‘z – ezgulik, mehr-oqibat va saxovat ayyomi. U tabiat bilan birga inson qalbiga yangi umidlar, ezgu niyatlar va yorqin kelajakka ishonch bag‘ishlaydi.
Qadrli yurtdoshlar, aziz mijozlar!
Sizlarni qadimiy tarix va anʼanalarga ega boʻlgan sharqona yangi yil bayrami — Navroʻzi olam bilan tabriklaymiz. Tinchlik-totuvlik, sihat-salomatlik va moliyaviy barqarorlik doimiy hamrohingiz bo‘lsin. Bahoriy kayfiyat va ezgu tilaklar aslo tark etmasin.
Bayram muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
“Trastbank” XAB jamoasi.





