Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Xalqaro to‘lov kartalaridan foydalangan holda tijorat banklaridan chet el valyutasini xarid qilishi haqida

7 Sen 2017
Jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasini xarid qilish bilan bog‘liq so‘rovlar kelib tushayotgani munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagilarni ma’lum qiladi.

Jismoniy shaxslarning chet el valyutasini xarid qilishi

Fuqarolar tijorat banklarining konversiya bo‘limlaridan naqdsiz ko‘rinishda xalqaro to‘lov kartalariga (konversiya) tushirib berish orqali chet el valyutasi xarid qilishlari mumkin. Milliy valyutadagi to‘lov ham naqd, ham naqdsiz shaklda – bank to‘lov kartalari (plastik kartalar) orqali amalga oshiriladi.

Xalqaro (konversion) to‘lov kartalarini ochish va ishlatish bilan bog‘liq xarajatlar

Hozirgi paytda tijorat banklari tomonidan xalqaro (konversion) to‘lov kartalarini ochish va ishlatish uchun quyidagi komissiya haqlari olinadi:

kartani ochish uchun - 75 mingdan 100 ming so‘mgacha (bir martalik to‘lov);

kartadan foydalanib to‘lovlar amalga oshirilganda komissiya haqi - har bir tranzaksiya summasining 0,5 foizidan 1 foizigacha bo‘lgan miqdorda;

chet eldagi bankomatlardan naqd xorijiy valyuta echib olish - operatsiya summasining 1 foizi miqdorida;

Xalqaro to‘lov tizimlari operatorlari (VISA, MasterCard va boshqalar) talablariga ko‘ra, banklar tomonidan 35 dollardan 100 dollargacha kamaytirilmas qoldiq (sug‘urta depoziti) o‘rnatilgan bo‘lib, undan mijoz foydalana olmaydi va to‘lov kartasi yopilganidan so‘ng u mijozga qaytariladi. Ushbu sug‘urta depoziti mablag‘lar ortiqcha sarflanganida bank tomonidan ishlatiladi. Mablag‘larning ortiqcha ishlatilishi kurslarning o‘zgarishi yoki xorijiy bank tomonidan to‘lov kartasi bo‘yicha operatsiyalar amalga oshirishda o‘rnatilgan komissiyadan hosil bo‘lishi mumkin. (Ma’lumot ilova etilayotgan jadvalda banklar kesimida berilmoqda)
Xalqaro (konversion) to‘lov kartalarining ishlatilishi

Hozirgi paytda xalqaro (konversion) to‘lov kartalaridan faqat xorijiy davlatlarda foydalanish mumkin. Bankomatlardan hech qanday cheklovlarsiz naqd pul echib olish, do‘kon va mehmonxonalarda, to‘lov kartasi qabul qilinadigan barcha joylarda karta orqali to‘lov qilish mumkin. To‘lov kartalari barcha davlatlarda ishlatilishi mumkin, davlatlar bo‘yicha cheklov yoki naqd xorijiy valyutani echib olish bo‘yicha limit o‘rnatilmagan. Shu o‘rinda xorijiy banklar o‘z bankomatlaridan naqd pullarni echib olish uchun ma’lum bir limit o‘rnatish amaliyotidan ham foydalanishi mumkinligini e’tiborga olish zarur. Odatda bu limit bitta operatsiyaga nisbatan joriy qilingan bo‘lib, operatsiyalar sonining o‘zi cheklanmagan bo‘ladi.

Shuningdek, kartadagi valyuta mablag‘laridan xorijda o‘qish yoki davolanish uchun talab etiladigan hujjatlar (invoyslar) taqdim etilganida bevosita O‘zbekistondagi bankdan turib to‘lovni amalga oshirishda foydalanish mumkin.

Respublika hududida xalqaro (konversion) to‘lov kartasidagi mablag‘larni joriy ayriboshlash kursi bo‘yicha faqat milliy valyutada echib olish mumkin.

Xorijiy valyuta bilan to‘ldiriluvchi xalqaro to‘lov kartalari

Fuqarolar tomonidan xorijiy valyuta bilan to‘ldiriluvchi xalqaro to‘lov kartalari mamlakatimiz hududida cheklovlarsiz qabul qilinadi. Bunday kartalardagi mablag‘lar bank yoki bankomatlardan (karta egasining ixtiyoriga ko‘ra) xoh milliy valyutada, xoh xorijiy valyutada, naqd ko‘rinishda echib olinishi mumkin.

Bunday kartalardan chet mamlakatlarda ham, O‘zbekiston hududida ham do‘konlar, mehmonxonalar va kartani to‘lovga qabul qiluvchi terminal mavjud har qanday joyda hech qanday cheklovlarsiz foydalanish mumkin.


O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan xalqaro to‘lov kartalarini ochish va undan 
foydalanish uchun olinadigan to‘lovlar haqida 
MA’LUMOT

Bank

kartani ochish uchun olinadigan komissiya

kartadan amalga oshirilgan to‘lov uchun olinadigan komissiya

xorijiy valyutani echib olish uchun olinadigan komissiya

kartadagi minimal qoldiq (sug‘urta depoziti)

TIF Milliy banki

100 000 so‘m

1%

1%

100 dollar

O‘zsanoatqurilishbank

100 000 so‘m

1%

1%

100 dollar

Agrobank

100 000 so‘m

0.5%

1%

100 dollar

Mikrokreditbank

100 000 so‘m

1%

1%

100 dollar

Xalq banki

100 000 so‘m

1%

1%

100 dollar

Qishloq qurilish bank

100 000 so‘m

1%

1%

100 dollar

Turonbank

100 000 so‘m

1%

1%

50 dollar

Hamkorbank

75 000 so‘m

0.7%

1%

100 dollar

Asakabank

100 000 so‘m

1%

1%

100 dollar

Ipak Yo‘li banki

100 000 so‘m

0.7%

1%

100 dollar

O‘T-Bank

100 000 so‘m

1%

1%

100 dollar

Trastbank

100 000 so‘m

1%

1%

100 dollar

Aloqabank

100 000 so‘m

0.5%

1%

100 dollar

Ipoteka-bank

100 000 so‘m

1%

1%

100 dollar

KDB bank O‘zbekistan

100 000 so‘m

1%

1%

100 dollar

Universalbank

100 000 so‘m

1%

1%

50 dollar

Kapitalbank

80 000 so‘m

1%

1%

35 dollar

Ravnaqbank

100 000 so‘m

0.7%

1%

100 dollar

Davrbank

100 000 so‘m

0.5%

1%

100 dollar

Invest finans bank

100 000 so‘m

1%

1%

100 dollar

Aziya Alyans bank

100 000 so‘m

1%

1%

100 dollar

Oriyent finans bank

100 000 so‘m

1%

1%

100 dollar

Xay-Tek bank

100 000 so‘m

1%

1%

50 dollar

Savdogarbank

100 000 so‘m

1%

1%

50 dollar

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki / Ko'rishlar: 3133
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech