“Spartakiada – 2025” sport musobaqalari o‘zgacha shukuhda bo‘lib o‘tmoqda. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlovi ishtirokchilarga kuch bag‘ishlamoqda, desak mubolag‘a emas.
Voleybol maydonida Amaliyot boshqarmasi, qolaversa, “Andijon”, “Darxon”, “Termiz” bank xizmatlari ofislari qat’iyatligi va tezkorligini yana bir karra namoyon etdi. Shiddatli kechgan musobaqa natijalariga ko‘ra, “Andijon” va “Darxon” BXO jamoalari yakuniy bosqichda bellashadigan bo‘ldi.
Tabiiyki, final ham hayajonli daqiqalarga boy bo‘ldi. “Andijon” BXOning qo‘li baland kelib, shohsupaning eng yuqori o‘rnini band etdi. Ikkinchi pog‘onadan “Darxon” BXO joy oldi. Uchinchi o‘rinni esa “Termiz” BXO egalladi.
G‘alaba muborak bo‘lsin!


Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
342



