Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Vatanga muhabbat” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

Yangilangan sana: 14 Yanvar 2026, 19:02
“Vatanga muhabbat” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi
14 Yan 2026

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. “Vatanga muhabbat” mavzusida bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda moliya muassasasi mutasaddilari, videokonferensaloqa tarzida hududlardagi bank xizmatlari ofislari mas’ullari hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilnoza Kubayeva ishtirok etdi.photo_2026-01-14_18-46-01.jpg

photo_2026-01-14_18-45-52.jpg Ta’kidlanganidek, milliy armiyamiz Yangi O‘zbekistonning mustahkam qalqoni, tinchligimiz kafolatidir. Tinchlik esa barcha sohalar rivoji, aholi farovonligi va yurt taraqqiyoti uchun poydevordir. Shu bois, doimo eng ulug‘ ne’mat sifatida qadrlanadi. Uni asrash, ona Vatanni himoya qilish har birimizning sharafli burchimizdir. Shu jihatdan, bugungi muhim sana xalqimizni jipslashtiruvchi, yurt himoyachilariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish kuni sifatida milliy g‘urur hamda vatanparvarlik ramzi bo‘lib qolmoqda.photo_2026-01-14_18-52-39.jpg

1W7A7484.JPG Tadbirda ishtirokchilar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilnoza Kubayevaning vatanga muhabbat, xalqqa xizmat qilishga undaydigan ijod namunalaridan bahramand bo‘lishdi.photo_2026-01-14_19-00-59.jpg Bundan tashqari, bankda faoliyat yuritayotgan mard o‘g‘lonlarga mustahkam sihat-salomatlik va yurt ravnaqi yo‘lida xizmat qilishdan aslo charchamasliklarini bildirishdi.photo_2026-01-14_18-45-58.jpg


Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 50

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech