Joriy yilning 26–28-mart kunlari poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida “Qishloq xo‘jaligi – AgroWorld Uzbekistan 2026” 21-xalqaro ko‘rgazmasi va “Made in Afghanistan Expo Tashkent 2026” ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Ularda “Trastbank” XAB Bosh ofisi mutasaddilari, qolaversa, Amaliyot boshqarmasi, “Toshkent”, “Darxon”, “Yakkasaroy”, “Bektemir”, “Raqamli” bank xizmatlari ofislari boshqaruvchilari o‘rinbosarlari hamda BXM boshliqlari ishtirok etdi.
Mazkur ko‘rgazmalarda qishloq xo‘jaligi uskunalari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan mahalliy va xorijiy kompaniyalarga “Trastbank”ning kredit, valyuta operatsiyalari, xorijiy kredit liniyalari hamda to‘lov xizmatlari bo‘yicha maʼlumotlar berildi. Shuningdek, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida o‘z faoliyatini boshlashni rejalashtirayotgan Germaniya, Italiya, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon, Afg‘oniston va bir qator Yevropa mamlakatlari yetakchi kompaniyalarining mamlakatimizdagi bank yo‘nalishidagi savollariga javob berildi.
Xulosa o‘rnida qayd etish joizki, ko‘rgazma doirasida olib borilgan muzokaralar kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratdi.





