Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” XAB Germaniyaning “Helaba” banki (Landesbank Hessen-Thüringen) bilan ikki tomonlama hamkorlik shartnomasini tuzdi

Yangilangan sana: ...
“Trastbank” XAB Germaniyaning “Helaba” banki (Landesbank Hessen-Thüringen) bilan ikki tomonlama hamkorlik shartnomasini tuzdi
26 Iyun 2025

Joriy yilning 25-iyun kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki delegatsiyasining Germaniyaga rasmiy tashrifi doirasida “Trastbank” XAB va Germaniyaning “Helaba” banki o‘rtasida 10 mln yevrolik hamkorlik shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra, “Helaba” banki Avstriya nazorat banki (OeKB) kafolati ostida “Trastbank”ni 2 yil muddatga moliyalashtiradi. Qolaversa, ushbu hujjat ikki davlatda xalqaro savdo loyihalarini amalga oshirish hamda biznesni rivojlantirish uchun kredit resurslarini taqdim etishni nazarda tutadi.photo_2025-06-26_13-44-08.jpg “Helaba” bilan tuzilgan shartnoma “Trastbank” XABning jahon moliya bozoridagi barqaror pozitsiyasini aks ettiradi. Banklar o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlash xalqaro hamkorlik doirasida savdo aloqalarini kengaytirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

 Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, “Helaba” Frankfurt-Mayndagi yetakchi universal banklardan biri bo‘lib, umumiy aktivlari taxminan 212 mlrd yevroni tashkil etadi. Hozirgi vaqtda bank nafaqat Germaniyada, balki boshqa xorijiy mamlakatlarda ham moliya institutlari, institutsional investorlar hamda davlat sektoriga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi.photo_2025-06-26_13-44-11.jpg Shuningdek, Bank Germaniya jamg‘arma kassalarining 40 foizi uchun markaziy kliring tashkiloti va xizmat ko‘rsatuvchi provayder hisoblanadi. Xalqaro miqyosda bank Fransiya, Irlandiya, AQSH, Buyuk Britaniyadagi filiallari va vakolatxonalari orqali faoliyat yuritadi. Tashkilotning xalqaro miqyosdagi uzoq muddatli kredit reytinglari: “Aa3” (Moody’s), “A+” (Fitch), ikkala reyting ham “barqaror” prognozga ega.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 126
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech