Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Trastbank hamda ICD o'rtasida 10 million dollarlik BITIM imzolandi

Yangilangan sana: 4 Sentabr 2021, 18:12
Trastbank hamda ICD o'rtasida 10 million dollarlik BITIM imzolandi
4 Sen 2021

Islom taraqqiyoti banki Boshqaruvchilar Kengashining 46-yillik anjumani dasturi doirasida Trastbank Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) bilan 10 million AQSh dollari miqdorida BITIM imzoladi.

Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar Kengashining Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan 46-yillik anjumani nafaqat bankka a’zo 57 ta davlat vakillarini birlashtiruvchi tadbir, balki muzokaralar o‘tkazish va turli tomonlar uchun foydali bo‘lgan shartnomalar imzolash uchun ham katta imkoniyatdir.

Anjumanning 4-kuni davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov, Islom taraqqiyoti banki prezidenti Muhammad Sulaymon al-Jassir hamda boshqa mas’ul shaxslar ishtirokidagi matbuot anjumani davomida “Trastbank” XAB Boshqaruvi raisi Sardor Rifatovich Normuxamedov Islamic Corporation for the Development (ICD) – Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bosh direktori janob Ayman Amin Sejini bilan 10 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ ajratilishi to‘g‘risida BITIM imzoladi.

3

Ushbu mablag‘ sog‘liqni saqlash, jumladan, farmatsevtika sohasi oziq-ovqat sanoati kabi yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun yo‘naltirilishi reja qilingan. Qolaversa, mazkur islomiy darcha orqali Trastbank mijozlariga islom moliyasi tamoyillari asosidagi moliyaviy xizmatlarni taklif etish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 9-iyulida Trastbank delegatsiyasining Jidda shahriga (Saudiya Arabistoni) tashrifi doirasida Trastbank xususiy aksiyadorlik banki va Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (XSRIK) o‘rtasida imzolangan Bitim bo‘yicha 7 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ajratilgan.

2019-yil 10-iyun sanasida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi vakillari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolangan.

Ma’lumot o‘rnida: Xususiy tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi (ICD) xalqaro moliya muassasasi bo‘lib, Islom taraqqiyot banki (IsDB) guruhi tarkibiga kiradi. ICD 1999-yil noyabr oyida xususiy tarmoq loyihalarini moliyalashtirish, raqobat va tadbirkorlikni rivojlantirish, hukumatlar va xususiy kompaniyalarga maslahat xizmatlarini ko‘rsatish va tashqi investitsiyalarni rag‘batlantirish orqali a’zo mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi 2004-yilning 14-sentyabrida ICD ga a’zo davlatlar qatoriga qo‘shilgan.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 2011
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech