Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi:
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank”da quyosh panellari o‘rnatilmoqda

Yangilangan sana: 18 May 2023, 14:29
“Trastbank”da quyosh panellari o‘rnatilmoqda
5 May 2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 57-sonli     qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan ham bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yuridik va jismoniy shaxslar uchun qulay shartlar va uzoq muddatga mo‘ljallangan kredit mahsulotlari taqdim etilmoqda.

2.jpg

Yaʼni tadbirkorlik subyektlariga o‘z bino-inshootlari va xududlarida, jismoniy shaxslarga xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini sotib olish va o‘rnatish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish jarayonlarining energiya samaradorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “yashil moliyalashtirish” bank mahsuloti ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi.

3.jpg

– “Yashil moliyalashtirish” krediti milliy va xorijiy valyutada ajratiladi, – dedi “Trastbank” XAB Kreditlash departamenti direktori o‘rinbosari Sh.Mirmuxamedov. – Mazkur kredit summasi loyixa summasidan kelib chiqib belgilangan bo‘lib, 60 oydan oshmagan muddatda taqdim etiladi.  Asosiy qarzni qaytarish  bo‘yicha imtiyozli davr muddati 12 oy etib belgilangan. Milliy valyutadagi ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravari miqdorida etib belganlangan bo‘lib, bugungi kunda bu 21% ni tashkil qiladi. Xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi esa yillik 10% dir. Bundan tashqari, jismoniy shaxslar uchun bankimiz tomonidan quvvati 5 kVtgacha bo‘lgan energiya tejamkor quyosh panellaridan foydalanish va aholi xonadonlariga qo‘yish maqsadida isteʼmol kreditlari berilmoqda. Loyiha summasi – O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 200 barovarigacha, muddati  – 60 oydan oshmagan davrgacha, foiz stavkasi esa yillik 22% ni tashkil qiladi.

4.jpg

Darhaqiqat, jahon tajribasidan maʼlumki, energetik barqarorlikka erishishning eng maqbul yo‘li quyosh panellaridan foydalanishdir. Uning yordamida, eng avvalo, elektr energiyasi xarajatlari tejaladi va xonadoningizda doimo elektr energiyasi bo‘lishi taʼminlanadi. Muhimi, elektr ishlab chiqarishi mutlaqo xavfsiz.

5.jpg

Shu jihatdan, “Trastbank” XAB Bosh ofisi va uning hududlardagi filiallarida ham quyosh panellari o‘rnatilmoqda.

– Kuni kecha Bankimiz Bosh ofisida quvvati 100, 8 kVT bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilib, ishga tushirildi, – dedi “Trastbank” XAB Kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari T.Boltayev. – Jami 178 dona panel 459 kv.m. hududga o‘rnatildi. Albatta, bu bizning ish faoliyatimizga ijobiy taʼsir ko‘rsatadi hamda elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qoplaydi.

6.jpg

Muxtasar qilib aytganda, ham xavfsiz, ham kamxarj bo‘lgan quyosh panellaridan foydalaning. Bunda “Trastbank” Sizga ko‘mak beradi.

1.jpg

Batafsil: trustbank.uz

Aloqa markazi: 1287

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1296

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech