“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tizimida har bir xodimning mehnat mahsuldorligini oshirish, jamoada sog‘lom muhit va do‘stona munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash an’ana tusini olgan. Jamoaviy muhitni mustahkamlash, yangi g‘oyalar yaratish va muammoni hal etish ko‘nikmalarini takomillashtirish bo‘yicha Toshkent viloyatida joylashgan “Green Hills Resort” dam olish maskanida o‘tkaziladigan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar shular jumlasidandir. 2024-yil 7-8-sentabr kunlari “Trastbank” XAB tizimida buxgalteriya yo‘nalishida faoliyat yuritadigan xodimlar uchun “teambuilding” – jamoa qurish korporativ tadbirlari tashkil etildi. Ta’kidlash joizki, mazkur mashg‘ulotlar bank xodimlarining tabiat qo‘ynida maroqli hordiq olishlarini ta’minlash bilan birgalikda ularning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda bank-moliya tizimiga oid qabul qilingan so‘nggi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish kabi maqsadlarga xizmat qiladi. Shuningdek, ishtirokchilar ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan turli interaktiv o‘yinlarda o‘zaro kuch sinashishdi va esdalik sovg‘alarini qo‘lga kiritishdi.
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
270