Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

TDIU “Xalqaro moliya” kafedrasining Hamkorlik Kengashi tarkibi shakllantirildi

Yangilangan sana: 14 Aprel 2026, 16:43
TDIU “Xalqaro moliya” kafedrasining Hamkorlik Kengashi tarkibi shakllantirildi
14 Apr 2026

  “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolangan bo‘lib, talabalar moliya muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishish, amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lib bormoqda. Qolaversa, bank xodimlari ishtirokida professor-o‘qituvchilar bilan birga talabalar uchun dolzarb mavzularga bag‘ishlangan mahorat darslari, o‘quv seminarlari o‘tkazib kelinmoqda.photo_2026-04-14_16-41-02.jpg Mazkur sa’y-harakatlarning uzviy davomi sifatida “Trastbank” XAB Bosh ofisida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Xalqaro moliya” kafedrasining Hamkorlik Kengashi tarkibini shakllantirish yuzasidan yigi‘ilish o‘tkazildi. Unda “Trastbank” XAB Boshqaruv raisi o‘rinbosari Z.Kurganov so‘zga chiqib, ushbu Kengash taʼlim sifatini oshirish va mehnat bozori talablari asosida malakali kadrlar tayyorlash kabi maqsadlarga xizmat qilishi bilan ahamiyatli eganligini ta’kidladi.photo_2026-04-14_16-40-54.jpg Bundan tashqari, tadbirda Kengashning taʼlim dasturlarini modernizatsiyalash, ularning amaliy va ilmiy-innovatsion integratsiyasini kuchaytirish hamda taʼlim sifati monitoringi va uni baholash kabi yo‘nalishlardagi o‘rni xususida so‘z yuritildi. Qolaversa, bir qator moliya muassasalarining ko‘p yillik tajribaga ega xodimlari Kengash tarkibiga kiritilganligi qayd etildi.photo_2026-04-14_16-41-07.jpg Shuningdek, “Hamkorlik kengashi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq Kengash aʼzolari taklifiga binoan “Trastbank” XAB raisi o‘rinbosari Z.Kurganov Kengash raisi etib tasdiqlandi.photo_2026-04-14_16-41-11.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech