Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Stressga qarshi turish va nizolarni boshqarish ko‘nikmalari” mavzusida seminar o‘tkazildi

Yangilangan sana: 18 Avgust 2026, 13:33
“Stressga qarshi turish va nizolarni boshqarish ko‘nikmalari” mavzusida seminar o‘tkazildi
18 Avg 2026

 “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki o‘z faoliyati davomida har bir xodim tomonidan mijozlarga sifatli va tezkor bank xizmatlarini ko‘rsatishiga alohida e’tibor qaratadi. Ularning bilim va ko‘nikmalarini boyitib borish maqsadida muntazam ravishda turli o‘quv-seminarlari, “team building” tadbirlari o‘tkaziladi.
 2026-yil 15-16-avgust kuni “Trastbank” XAB Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan moliya muassasasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun navbatdagi “team building” tadbirlari tashkil etildi. Unda Toshkent amaliy fanlar universiteti “Psixologiya” kafedrasi dotsenti Nargiza Norqulova ishtirok etib, “Stressga qarshi turish va nizolarni boshqarish ko‘nikmalari” mavzusida taqdimotlar qildi.photo_2026-08-18_13-32-13.jpg Seminarda stressga qarshi turish uchun sogʻlom turmush tarzini yoʻlga qoʻyish, jismoniy faollikni oshirish va hissiy holatni nazorat qilish muhimligi ta’kidlandi. Shu jihatdan, stressning belgilari, sabablari, turlari va unga qarshi turish choralari amaliy misollar bilan tushuntirib berildi.
 Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javob qaytarildi.photo_2026-08-18_13-32-19.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 13

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech