Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Standard&Poor’s Global Ratings” xalqaro reyting agentligi “Trastbank” reytingini ilk bor “Barqaror” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqladi

Yangilangan sana: 16 Noyabr 2022, 10:27
“Standard&Poor’s Global Ratings” xalqaro reyting agentligi “Trastbank” reytingini ilk bor “Barqaror” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqladi
16 Noy 2022
  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlariga muvofiq, mamlakatimizda bank tizimining xalqaro reytingini yaxshilash borasida chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, moliya-bank tizimi barqarorligi oshirilib, yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishilmoqda.  
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham xalqaro reytinglardagi o‘rnini yanada yaxshilab bormoqda.
Jumladan, “Standard&Poor’s Global Ratings” xalqaro reyting agentligi “Trastbank” XAB reytingini bank tarixida ilk bor “Barqaror” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqladi.
   “Standard&Poor’s Global Ratings” xalqaro reyting agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, “Trastbank” uzoq vaqt davomida bank tizimi bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan kuchli moliyaviy natijalarni ko‘rsatmoqda. Bu esa uning biznesi barqarorligi va o‘sish istiqbollariga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda hamda bank reytingini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
“B+” reytingi moliya muassasasining bank xizmatlari bozorida mustahkam o‘rin egallagani, barqaror mijozlar bazasi va uning yuqori darajadagi sodiqligini aks ettiradi.
   Bankda moliyalashtirilishning arzonligi, sof foiz marjasining yuqori darajadagi me’yori, raqobatdosh ustunligi ta’minlanganligi, kapitallashuvining yaxshilanganligi, qolaversa, yuqori darajadagi likvidlik ko‘rsatkichlari, ijobiy rentabellik va bankning kreditga layoqatliligi ushbu reytingni tuzishda asos qilib olingan.
   “Standard&Poor's Global Rating” xalqaro reyting agentligi prognozlariga ko‘ra, “Trastbank” XABning yuqori darajadagi kapitali, foyda keltiruvchi kuchli salohiyati kredit xususiyatlarini ta’minlaydi. Bu esa oʻz navbatida kuchli likvidlikka erishishga va ustunlikka ega boʻlishga muhim ahamiyat kasb etadi.
Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 486
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech