“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida xizmat sifatini oshirish, belgilangan standartlarga rioya etilishini taʼminlash maqsadida moliya muassasasi xodimlari faoliyati “sirli mijoz” tadbirlari asosida doimiy ravishda nazorat qilib boriladi.


Amaliyot boshqarmasi, “Toshkent”, “Darxon”, “Yakkasaroy”, “Bektemir” bank xizmatlari ofislarida “sirli mijoz” usuli asosida o‘tkazilgan navbatdagi nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha amaliy treninglar bo‘lib o‘tdi.

Ularda “sirli mijoz” usuli orqali o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijalari asosida Bank xizmatlari ofislari, bank xizmatlari markazlari, valyuta ayirboshlash shoxobchalari va “reception” yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning mijozlarga xizmat ko‘rsatishda yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari hamda yutuqlari yuzasidan tahliliy maʼlumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, amaliy treninglar jaryonida bank xizmatlari ofislari xodimlarining xizmat ko‘rsatish sifati, bank mahsulotlari va xizmatlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan qator takliflar bildirildi.


“Sirli mijoz” nazorat tadbirlari asosida xodimlarning xizmat ko‘rsatish sifatini tizimli ravishda takomillashtirib borilishi bu mijozlarning bankka bo‘lgan ishonchini yanada oshirish hamda mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.





