Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
(+998 78) 140-00-88
Ishonch telefoni
(+998 71) 244-25-73
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
(+998 78) 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

“Qushbegi” Bank xizmatlari markazi ishga tushdi

Yangilangan sana: 28 Sentyabr 2021, 09:35
“Qushbegi” Bank xizmatlari markazi ishga tushdi
28 Sep 2021

2021-yil 27-sentyabr sanasida Trastbankning navbatdagi bank xizmatlari markazi o‘z faoliyatini boshladi. Markaz Yakkasaroy tumani “Qushbegi” savdo majmuasi qoshida tashkil etildi.

Soni bo‘yicha Trastbankning 93-bank xizmatlari markazi hisoblangan ushbu maskanda jismoniy va yuridik shaxslarga keng ko‘lamli bank va konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi. Jumladan, jismoniy shaxslar uchun mikroqarz, overdraft va boshqa qisqa muddatli kreditlarni rasmiylashtirish imkoniyati yaratilgan. Kredit kartalari qisqa fursatda rasmiylashtiriladi.

3

Bundan tashqari, markazda mijozlarga hisob raqam ochish, omonatlarni rasmiylashtirish, barcha turdagi to‘lovlar hamda xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, valyuta ayirboshlash, qolaversa, bank xizmatlariga oid maslahatlar olish kabi ko‘plab xizmatlarni taqdim etadi.

Bank xizmatlari markazi 24/7 rejimida faoliyat ko‘rsatuvchi zamonaviy bankomat va infokiosklar bilan ta’minlangan. Bu yerda Boshliq mahallasi aholisi, “Qushbegi” savdo majmuasi tashrif buyuruvchilari istalgan paytda milliy va xalqaro plastik kartalaridagi mablag‘larini naqdlashtirishi, kommunal, uyali aloqa operatorlari, shahar telefonlari, kabel televideniyesi, internet xizmati uchun to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin.

2

An’anaviy filiallardan farqli ravishda bank xizmatlari markazlari ixcham shaklga egaligi tufayli aholining bank xizmatlariga bo‘lgan talabini tez va sifatli qondirish uchun zamin yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, tijorat banklariga Bank xizmatlari markazlarini O‘zbekiston Respublikasining istalgan hududida tashkil etishi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyat yuritishi uchun 2019 yil 12-avgustda ruxsat berilgan. (“O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1834, 2008-yil 11- iyul).

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 127
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech