Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi:
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida Birja savdolari ishtirokchilari uchun seminar o‘tkazildi

Yangilangan sana: 26 Iyun 2023, 12:26
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida Birja savdolari ishtirokchilari uchun seminar o‘tkazildi
26 Iyun 2023

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan Nukus va Urganch shaharlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyati Birja savdolari ishtirokchilari bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari hamda brokerlar uchun “Trastbank” tomonidan yaratilgan qulay bank mahsulotlari va xizmatlari borasida amaliy seminar o‘tkazildi.

2.jpg

3.jpg

Unda moliya muassasalari Bosh ofislari mutasaddilari, “Xorazm” va “Nukus” bank xizmatlari markazlari masʼullari, Respublika Tovar-xom ashyo birjasi hududiy bo‘linmalari rahbarlari, birja savdolarida qatnashuvchi tadbirkorlar  va brokerlar ishtirok etdi.

4.jpg

5.jpg

Seminarda “Trastbank” XAB Filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori O.Do‘stmuhamedov o‘z taqdimotida O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xom ashyosi birjasi ishtirokchilari hisoblangan tadbirkorlik subyektlari hamda brokerlari uchun maxsus ishlab chiqilgan bank mahsulotlari va xizmatlari, jumladan, birja savdolari ishtirokchilari va brokerlar uchun qulay shartlarda ishlab chiqilgan milliy va xorijiy valyutadagi “UzEx” tarif rejalari, tadbirkorlik  va chakana kredit mahsulotlari hamda Birja hisobvaraqlariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish bo‘yicha yaratilgan qulayliklar yuzasidan atroflicha maʼlumot berdi.

6.jpg

Shuningdek, seminarda ishtirokchilar tomonidan bank mahsulotlari va xizmatlarini yana-da rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi hamda ularning savollariga masʼullar tomonidan batafsil javoblar berildi.

8.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 463

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech