«Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining “Toshkent” filiali qoshidagi “Qatortol” bank xizmatlari markaziga fuqaro Natalya Morozova tashrif buyurgan vaqt mobaynida Western Union tizimida uzilishlar sodir bo‘lganligi bois fuqaro Rossiya davlatidan kelgan pullarini qabul qila olmaganligi ma’lum bo‘ldi. Tizim nosozliklari bartaraf etilgach, fuqaro Natalya Morozova bilan bog‘lanib, joriy yilning 12 avgust kuni (ya’ni bugun) bank xizmatlari markaziga tashrif buyurib xalqaro pul o‘tkazmalari orqali naqd pulini olishi mumkinligi ma’lum qilindi.
Bugungi kunda tizimidagi uzilishlar bartaraf etildi va Western Union xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi uzluksiz ishlamoqda.