Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Qaror va ijro: “Har bir oila - tadbirkor”

Yangilangan sana: ...
Qaror va ijro: “Har bir oila - tadbirkor”
22 May 2019

Mamlakatimizda faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va bunyodkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash orqali aholining tub qatlamiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, joylarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlarga bo‘lgan e’tibor tufayli ular tomonidan yangi ish o‘rinlari ochish, barqaror daromad manbalarini yaratish muhim omilga aylanib bormoqda.

photo_2.jpg

Darhaqiqat, joriy yilda tashkil etilganiga 25 yil to‘ladigan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki o‘tgan davr mobaynida moliyaviy xizmatlar bozorida mustahkam o‘rin egallab, o‘zigagina xos bo‘lgan ish uslubini yaratish va marketing siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishga erishdi. Bu faoliyat ko‘lamini tobora kengaytirishda muhim omil bo‘ldi. Bugungi kunda bank o‘zining 11 ta filiali va 71 ta minibanki orqaliaholi va tadbirkorlik sub’ektlariga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

Mamlakatimiz Prezidentining 2018 yil 7 iyundagi “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi va 2019 yil 7 martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, bugungi kunda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan oilaviy biznesni rivojlantirish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholiga tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun 2019 yilning 1 may holatiga jami 35 mlrd.so‘mmiqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.

Jumladan, 2019 yilning 1 may holatiga 35mlrd. so‘mlik ajratilgan kreditlarning 2 711mln. so‘mi naslli qoramolchilikka, 1 295 mln.so‘mi parrandachilikni rivojlantirishga, 1 870 mln. so‘mi qo‘ychilikka, 45 mln. so‘mi echkichilikka, 668 mln. so‘mi asalarichilikka, 311 mln. so‘mi baliqchilikka, 207 mln. so‘mi quyonchilikka, 6 487 mln. so‘mi tikuvchilikka, 434 mln. so‘mi hunarmandchilik sohasiga, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasiga 13 108 mln. so‘m, shuningdek issiqxona qurilishi uchun 1 387 mln. so‘mlik mablag‘lar aholini tadbirkorlikka jalb etish maqsadlariga yo‘naltirildi. Pirovardida respublikamiz hududlarida oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi yangi korxonalar tashkil etilib, aholining bandlik darajasi oshirildi.

photo_3.jpg

Xususan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki joylarda aholini tadbirkorlikka jalb qilish, bu orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, o‘z mehnati bilan daromad topish istagida bo‘lgan har bir tuman va shahar, jumladan, olis va tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir hududlarda fuqarolarning tadbirkorlik qobiliyatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning istiqbolli loyihalarini o‘z vaqtida moliyalashtirishga katta e’tibor qaratmoqda.

Bunda bank tomonidan mehnatkash xalqimizning qadimiy kasb-hunar an’analari, ishbilarmonlik salohiyati, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlarini ommalashtirish borasida aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes rejalarini ro‘yobga chiqarish, aholi xonadonlaridagi ekin maydonlaridan unumli foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish orqali har bir oila a’zolarini ish bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalarni rag‘batlantirish hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish orqali barqaror daromad manbaiga ega bo‘lish borasida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi ijobiy samara bermoqda.

Ta’kidlash joizki, “Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash bank jamoasining diqqat markazida bo‘ldi. Unda belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, joriy yilning mart-may oylarida Andijon, Qashqadaryo, Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida istiqomat qiluvchiaholini boqimandalik kayfiyatidan chiqarish,o‘z biznesini boshlash istagida bo‘lgan kam ta’minlangan 403 ta jismoniy shaxslarga jami 3.6 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi PQ-4231-sonli “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan aholini tadbirkorlikka jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida bank filiallarida alohida malakali xodimlardan iborat sho‘balar tashkil etildi.

photo_5.jpg

“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Farg‘ona filiali tomonidan ham mazkur qarorlar ijrosini ta’minlash borasida samarali ishlar olib borilmoqda. Viloyatda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish maqsadida, Farg‘ona shahrining “Xuvaydo”, “Tabassum”, “Kirguli” va “Sovurbuloq” mahallalaridan jami 3806 ta xonadon bo‘lib, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan kam ta’minlangan oilalar bank kreditlari hisobidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Tikkan chevar emas,
Bichgan — chevar.

Farg‘ona vodiysining Marg‘ilon shahri o‘zining ipak va milliy adras matolari bilan yurtga tanilgan. Farg‘ona shahridagi “Tabassum” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi O.O.Nabiyev doimo mahalla ayollari bilan suhbatda, Marg‘ilonning mashhur ipagiyu, serjilo atlas va adras matolaridan kiyim-kechaklar tikishni yo‘lga qo‘yish maqsadida, tikuvchilik sexi yaratilsa ayni muddao bo‘lishini ta’kidlardi.

photo_7.jpg

Mahalla xotin-qizlarining orzusi ushalib, Farg‘ona shahar hokimligining amaliy yordami tufayli bo‘sh turgan xona ta’mirdan chiqarildi. “Trastbank”ning Farg‘ona filiali “Tabassum” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi taklifini qo‘llab-quvvatlagan holda viloyatda yangi tikuvchilik sexini yaratish va tikuv mashinasi xarid qilish uchun 200mln. so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratdi.Natijada esa ayni paytda viloyatda yangi tikuvchilik sexi ishga tushirilib, 10 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

photo_6.jpg

photo_8.jpg

- Xursandchiligimiz cheksiz, - deydiSaodat Xolmatova - Chunki tikuvchilik sohasi bo‘yicha tajribam yetarli. Hozirdanoq yangi loyihalarim asosida kiyim-kechaklar tikishga kirishdim. Milliy matolarimiz atlas va adras matolaridan ayollarni to‘ylarda kiyishlari uchun libos tikish bo‘yicha tajribaga egaman. Arzon va sifatli, did bilan tayyorlangan milliy liboslar albatta yoshlarga, ularning ota-onalariga ham ma’qul bo‘ladi. Kelgusida esa biz tikkan liboslar jahon bozorlariga ham kirib borishini niyat qilaman, - deydi quvonch bilan Saodat Xolmatova.

Jo‘jani kuzda sanaymiz

Parranda — yetti xazinaning biri, hafsala qilgan har qanday odam bu benazir boylikning kalitini qo‘lga kiritishi muqarrar. O‘z oilasi va atrofidagi odamlarni rizq-nasiba bilan ta’minlashga hissa qo‘shish esa savobli yumushdir. Chunki xalqimizda “etti xazinaning biri” deya nom taralgan tovuq parvarishlash koni foyda hisoblanadi. Axir tovuq boqqan xonadonda go‘sht va tuxum muammosi bo‘lmaydi. Qolaversa, bunday xonadonlar o‘z ehtiyojidan orttirib, daromad topishlari ham mumkin.

- Men ko‘p yillardan beri tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni o‘ylab yurardim, lekin mablag‘ borasida kimga murojaat qilishni bilmay, bu ishni tashlab qo‘ygandim, - deydi farg‘onalik Maxmudbek Toshmatov. – “Trastbank”ning Farg‘ona filiali mutaxassislari kelib, parrandachilikning yo‘l-yo‘riqlari bilan bevosita tanishtirib, 200 mln. so‘mlik imtiyozli davr bilan kredit ajratishlarini aytishdi. Biz oila a’zolarimiz bilan maslahatlashib, bank krediti hisobiga parrandachilikni yo‘lga qo‘yishga qaror qildik. Mana bugungi kunda oila a’zolarim bilan birga parrandachilik bilan shug‘ullanib kelayapmiz. O‘z ehtiyojlarimizdan ortgan go‘sht va tuxum mahsulotlarini hatto bozorlarimizga ham topshirib, oilaviy daromadlarimizni oshirishga ham erishdik, - dedi farg‘onalik Maxmudbek Toshmatov.

Kumushdek ter to‘ksang,
Gavhardek dur olarsan.

- Yurtboshimiz tashabbusi bilan “Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturining qabul qilinishi biz farg‘onaliklar uchun oliyjanob va ezgu ish bo‘ldi. Chunki ushbu dasturga asosan bo‘sh yer maydonimga issiqxona tashkil etib, el-yurtimiz dasturxoni uchun poliz ekinlaridan pomidor va bodring yetkazib berishni yo‘lga qo‘ydim, - deydi xususiy tadbirkor Qahramon Arabjonov.

photo_10.jpg

- Buning natijasida esa barcha oila a’zolarim ham ish bilan ta’minlandi. Qolaversa, farzandlarim ham mehnat qilishga va o‘z vaqtlaridan unumli foydalanishga o‘rganishdi. Buning uchun albatta bizga imtiyozli kredit mablag‘lari ajratgan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

photo_1.jpg

 Bu yilda faoliyatimiz salohiyati yanada oshishiga aminman. Bankka kredit qarzlarini o‘z vaqtida, kechiktirmay to‘lab, issiqxonani yanada kengaytirib, yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish rejamiz ham yo‘q emas, - dedi xususiy tadbirkor Qahramon Arabjonov.Xulosa qilib aytganda, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan mijozlar bilan ishlash siyosatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani hamda iqtisodiyotimizning istiqbolli tarmog‘i bo‘lgan xususiy tadbirkorlik sohasi faol moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishi bankning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari hajmining muttasil oshishiga xizmat qilmoqda. Bu esa iqtisodiyotimizning barqaror rivojida va xalqimiz turmush darajasining yanada yuksalishida muhim ahamiyat kasb etayotgani ham e’tiborga molik.  

photo_9.jpg

    

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1741
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech