“Trastbank” jamoasi o‘z mijozlari va butun O‘zbekiston xalqini yangilanish va yasharish fasli bo‘lmish – Navro‘zi olam bilan chin dildan muborakbod etadi!
Navro‘zning nurafshon kunlarida Sizlarga bahoriy kayfiyat, o‘zaro hamjihatlik va mustahkam sog‘liq hamroh bo‘lishini tilaymiz!
Go‘zal ona Vatanimizda doimo tinchlik va farovonlik hukm sursin, xalqimiz omon, osmonimiz musaffo bo‘lsin, yurt ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida olib borayotgan xayrli ishlaringizda muvaffaqiyat yor bo‘lishiga tilakdoshmiz!