Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Hashar – o‘zbekning azaliy urf-odati

Yangilangan sana: ...
Hashar – o‘zbekning azaliy urf-odati
18 Avg 2018

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 avgustdagi farmoyishiga binoan, joriy yilning 18-19 avgust kunlari O‘zbekistonda obodonlashtirish va tozalik oyligi umumxalq xayriya hashari kunlari, deb e’lon qilindi.

Davlatimiz rahbari rahnamoligida milliy qadriyatlarimizni tiklash, ularning mazmun-mohiyatini yoshlarning ongu shuuriga chuqur singdirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bugun o‘z samarasini bermoqda.

Barcha musulmonlarning ulug‘ bayrami sanalmish Iyd-Qurbon-Hayiti va O‘zbekiston Mustaqilligining 27 yillik bayram shodiyonalari arafasida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan obodonlashtirish va tozalik oyligi, umumxalq xayriya hasharlari ana shunday xayrli ishlardandir.

DSCN4508.JPG

Hashar – bu xalqimizning qadimiy va azaliy qadriyatlaridan biridir. Uning zamirida obodlik, hamjihatlik, mehr-oqibat, xayr-sahovat va bunyodkorlik mujassam.

Hasharni har bir inson o‘z uyi, ko‘chasi, hovli-joyini tozalashdan boshlaydi, so‘ngra ommaviy tozalik ishlari mahalla, mehnat jamoalari, sayilgohlar hamda butun mamlakat bo‘ylab yoyiladi. Kelinlarimiz supur-sidir, tozalash ishlari bilan band bo‘lsa, yigitlar ariq-zovurlar, kanallar va boshqa suv yo‘llarini tozalaydi. Nuroniy bobolar nabiralariga yangi nihollar ekish, bog‘larni parvarishlash ilmidan saboq beradi.

DSCN4505.JPG

Milliy bayramlarimiz arafasida e’lon qilingan umumxalq hayriya hasharida “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining ahil jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Hasharda bankning bino atrofi va ichki hududlari tartibga keltirildi, ariqlar, ko‘chalar va yo‘laklar tozalandi, dov-daraxtlarni butalash ishlari amalga oshirildi.

DSCN4512.JPG

“Hashar xalqimizning boy tarixi, milliy o‘zligimizni namoyon etuvchi an’ana bo‘lganligi sababli, u ajdodlarimizning insoniylik, mehr-oqibat, o‘zaro hamjihatlik, yurtga muhabbat kabi ezgu fazilatlarni o‘zida mujassam etadi”, - deydi Xodimlar bilan ishlash departamenti Bosh mutaxassisi Xurshida Fayziyeva.

“Bunday ishlar natijasida shahrimiz tobora chiroy ochib bormoqda. Ozodalikda amalga oshirilgan har qanday faoliyat insonni ruhiy tetikligiga ijobiy ta’sir qiladi.

DSCN4524.JPG

«Trastbank» jamoasi ham hasharda faol ishtirok etganligida buni yana bir karra his qildik. Bir so‘z bilan aytganda, bankimiz jamoasi yurtimizga kirib kelayotgan Iyd-Qurbon-Hayiti va Mustaqilligimizning 27 yillik to‘yini ko‘tarinki ruhda kutib olishga tayyorgarlikni boshlab yubordi”, - deya so‘zini yakunladi Xurshida Fayziyeva.

DSCN4536.JPG

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 3086

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech