“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan an’anaga muvofiq 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan urush va mehnat faxriylari holidan xabar olindi.

Moliya muassasasi mutassaddilari poytaxtimizning Shayxontohur tumani “O‘rda” mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh keksalar xonadonida bo‘lib, ularga bayramona kayfiyat ulashdi.

O‘z o‘rnida, yoshi ulug‘ otaxon-u onaxonlar bugungi dorilomon kunlar, osoyishta tunlarga shukronalar aytib, “Trastbank” xodimlarining muntazam ravishda qilib keladigan ana shunday yuksak ehtiromiga minnatdorlik bildirishdi.





