12-13-may kuni poytaxtimizdagi “O‘zeskpomarkaz” majmuasida “Inson uchun 2026” III an’anaviy festivali bo‘lib o‘tdi. Mazkur festival ijtimoiy himoya tizimidagi islohotlar, inklyuziv iqtisodiyot, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat, biznes va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan yirik ochiq maydonga aylandi.

Unda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, biznes vakillari, ijtimoiy tadbirkorlar, NTTlar, ta’lim muassalari, ish beruvchilari, hunarmandlar, yosh mutaxassislar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Xususan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki ham qatnashib, moliya muassasida ishga olingan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar haqida taqdimotlar qildi. O‘z navbatida, HR-mutaxassislar tomonidan ishga joylashish bo‘yicha maslahatlar, karyera yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda “Trastbank”da 30 nafarga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslar turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritib, ijobiy ko‘rsatkichlarni qayd etib kelmoqda.

Festival doirasida bolalalik davridagi ilk rivojlanishdan boshlab ta’lim, kasb-hunar, bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda faol ishtirok etishgacha bo‘lgan jarayonlar yoritildi.




