Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Trastbank” XABda “Roseksimbank”ning kredit liniyalari shartlarini tanishtirish bo‘yicha videokonferensiya o‘tkazildi

Yangilangan sana: 3 Iyul 2020, 18:13
“Trastbank” XABda “Roseksimbank”ning kredit liniyalari shartlarini tanishtirish bo‘yicha videokonferensiya o‘tkazildi
13 Iyun 2020

Joriy yilning 12 iyun kuni “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida “Rossiya eksport markazining O‘zbekistondagi vakolatxonasi yordamida Roseksimbank (Rossiya)dan jalb qilinayotgan kredit liniyasi shartlari bilan tanishish” mavzuida videokonferensiya tashkil etildi.

photo_2020-06-12_20-07-43.jpg

Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti tomonidan tashkil etilgan tadbirga Rossiya eksport markazi kompaniyasi guruhi vakili, Trastbank XAB bosh ofisi asosiy xodimlari va filiallari rahbarlari taklif etildi.

Videokonferensiyada “Trastbank” va Roseksimbank o‘rtasida imzolangan kredit bitimi doirasida kredit mablag‘larini jalb qilish, o‘zlashtirish va qaytarish bo‘yicha masalalar, shuningdek kredit mablag‘lari yo‘naltiriladigan bank mijozlarining rejalashtirilgan loyihalari muhokama qilindi.

photo_2020-06-12_20-09-17.jpg

Maʼlumot uchun:

Roseksimbankning ustav kapitali 2020 yil 1 yanvar holatiga 340 mln. AQSH dollarini, aktivlari - 2 291,9 mln. AQSH dollarini, 2019 yilgi sof foydasi - 25,26 mln. AQSH dollarini tashkil etgan. Bank chet el valyutasida uzoq muddatli kreditlash reytingiga ega. Moody‘s Investors Service xalqaro reyting agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, bank reytingi - “Va1” “Barqaror” prognoziga ega.

Joriy yilning mart oyida Roseksimbankda Trastbank XABning Rossiya rubli va AQSH dollaridagi vakillik hisobvaraqlari ochilib, ulardan mijozlar o‘z to‘lovlarini faol amalga oshirmoqdalar.

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1925
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech