Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Murojaatlar bilan ishlovchi mas’ul xodimlar malakasi oshirilmoqda

Yangilangan sana: 10 Aprel 2019, 16:54
Murojaatlar bilan ishlovchi mas’ul xodimlar  malakasi oshirilmoqda
5 Apr 2019

Joriy yilning 23 mart kuni Prezidentimizning “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” qarori imzolanib, ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadidaRespublika Markaziy banki tomonidan “Bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar” to‘g‘risidagi nizom ishlab chiqildi.

photo_2019-04-05_15-35-40.jpg

Nizom talablari ijrosini ta’minlash,bank va mijoz aloqalarini yanada mustahkamlash, bankda faoliyat yurituvchi xodimlarni yagona maqsad sari yetaklay olish malakalarini shakllantirish, qolaversa bank xodimlarining bilim va malakalarini doimiy oshirib borish hamda ustoz-shogird an’analarini qayta tiklagan holda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida joriy yilning 15 martidan boshlab “Bank o‘quv markazi” o‘z faoliyatini boshladi.

photo_2019-04-05_15-28-32.jpg

Bugun mazkur “Bank o‘quv markazi” tomonidan tashkil etilgan “Bank iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish madaniyati va nizolar bilan ishlash, mijozlar bilan ishlashdagi amaliy mahorat sirlari” mavzuidagi2 kunlik seminar-trening o‘z ishini boshladi.

photo_2019-04-05_15-34-51.jpg

“Bank o‘quv markazi” hamda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va nazorat qilish departamenti tomonidan tashkil etilgan seminar-treningda biznes-konsultant Nailya Mamayeva, bankning barcha filiallarida murojaatlar bilan ishlash sohasidafaoliyat yurituvchi mas’ul xodimlar hamda resepshn-administratorlariga mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish jarayonida kelib chiquvchi nozolar bilan ishlash va tanqidga munosabat bildirish borasida trening o‘tmoqda.

photo_2019-04-05_15-35-57.jpg

-Bugungi rivojlanish sharoitida banklarning raqobatbardoshligi, eng avvalo, unda faoliyat yuritayotgan xodimlar malakasi bilan ta’minlanadi, - deydi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki o‘quv markazi direktori Qobiljon Jo‘rayev. – Shu bois bankimizda kadrlar malakasini oshirishga jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqda.

photo_2019-04-05_15-39-57.jpg

Darhaqiqat, “Trastbank” tizimida xodimlar malakasini oshirish va samaradorlikka erishish maqsadida izchil sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Jumladan, Bank Moliya akademiyasi va O‘zbekiston Milliy universiteti dotsent-professorlari bilan hamkorlikda doimiy ravishda o‘quv seminarlar tashkil etilishi yo‘lga qo‘yilgan.

IMG_5505.JPG

 

Malaka oshirish seminarlarining o‘quv dasturlari bank Bosh ofisi tarkibiy tuzilmalari rahbarlari bilan kelishilgan holda respublika Prezidenti farmon va qarorlari, hukumatimiz hamda Markaziy bank tomonidan qabul qilingan turli me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etiladi.

000.JPG

Xususan, bugun o‘z ishini boshlagan seminar-treningimiz Yurtboshimiz tomonidan joriy yilning 23 mart kuni tasdiqlangan “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” qarori hamda “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, “Mijozlarga xizmat ko‘rsatishda muomala odobi” mavzusi asosida turli amaliy mashg‘ulotlar olib borilishi yo‘lga qo‘yilgan”, - deya so‘zini yakunladi Qobiljon Jo‘rayev.

photo_2019-04-05_15-34-21.jpg

“Bank iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish madaniyati va nizolar bilan ishlash, mijozlar bilan ishlashdagi amaliy mahorat sirlari” mavzuidagi seminar o‘z ishini davom ettirmoqda.

IMG_5499.JPG

Manba: Bank Axborot xizmati / Ko'rishlar: 1046
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech