Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Namanganda “mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”lar uchun timbilding o‘tkazildi

Yangilangan sana: ...
Namanganda “mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”lar uchun timbilding o‘tkazildi
7 Iyul 2025

“Trastbank xususiy aksiyadorlik banki tomonidan respublikamiz bo‘ylab 101 ta mahallada “mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”lar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, aholining biznes loyihalari qo‘llab-quvvatlanmoqda. Mazkur yangi tizim vakillari biznes-reja tayyorlash, loyihalarni amalga oshirishda hamrohlik qilish orqali aholining daromadini oshirishga ko‘maklashmoqda. Jumladan, joriy yilning yanvar–iyun oylari mobaynida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash maqsadida 2 230 ta mikroloyiha amalga oshirilib, 4 500 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi.photo_2025-07-07_12-25-55.jpg
photo_2025-07-07_12-26-39.jpg Albatta, “mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”larning ish samaradorligini oshirish borasida muntazam ravishda o‘quv seminarlari o‘tkazib kelinmoqda. Namanganda “Trastbank”ning Andijon va Namangan viloyatlarida faoliyat yuritayotgan ushbu tizim vakillari uchun tashkil etilgan timbilding shular jumlasidandir.photo_2025-07-07_12-26-43.jpg
photo_2025-07-07_12-27-08.jpg Unda ishtirokchilar guruhlarga bo‘linib, jamoaviy o‘yinlar asosida “mahalla bankirlari” hamda “yordamchi-agent”larning vazifa va funksiyalari bo‘yicha ko‘nikmalarini boyitishdi. Xususan, mijoz bilan ishlash, nutq madaniyatini rivojlantirish, biznes-reja tuzish to‘g‘risida atroflicha tushunchalar berildi.photo_2025-07-07_12-27-03.jpg
photo_2025-07-07_12-27-14.jpg Bundan tashqari, ishtirokchilar kiberxavfsizlik, onlayn mikroqarz, tadbikorlikni yo‘lga qo‘yish uchun mikrokredit olish tartibi kabi mavzularda sahna ko‘rinishlari orqali o‘z mahoratini namoyish etishdi.photo_2025-07-07_12-26-51.jpg
photo_2025-07-07_12-26-55.jpg Shuningdek, tadbirda o‘tgan vaqt mobaynida aholi va bank o‘rtasida ishonchli ko‘prik vazifasini o‘tab, hududlarda kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida faol ishtirok etib kelayotgan “mahalla bankirlari” hamda “yordamchi-agent”lar, qolaversa, kichik biznes egalari ‘Trastbank” tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.photo_2025-07-07_12-26-47.jpg

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 342
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech