Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Mijozlarga sifatli va tezkor xizmat ko'rsatish – ustuvor vazifa

Yangilangan sana: 22 Fevral 2022, 16:47
Mijozlarga sifatli va tezkor xizmat ko'rsatish – ustuvor vazifa
22 Fev 2022

Bugungi kunda bank bozorida raqobat kuchayib borayotgan sharoitda isteʼmolchilarning talablari doimiy ravishda oʼsib bormoqda. Mijozlar maksimal darajada ularning extiyojlariga javob beradigan sifatli xizmat koʼrsatuvchi banklarni tanlamoqda. Shu jihatdan aholiga xizmat koʼrsatish sifatini oshirish moliya muassasasining rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
photo_20.jpg
Taʼkidlash joizki, “Trastbank” XАBda mijozlarga xizmat koʼrsatish sifatini oshirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2019 yilda “Mijozlarga xizmat ko'rsatish standartlari” tasdiqlandi. Bundan tashqari, har chorakda “Sirli mijoz” usuli asosida barcha filiallar, Bank xizmatlari markazlari va Valyuta ayirboshlash shoxobchalarida xizmat ko'rsatish standartlari rioya etilishi holati o'rganib borilishi yo'lga qo'yildi.
IMG_34350.jpg
 2022 yil 21 fevral kuni “Trastbank” XAB Bektemir filiali xodimlari uchun mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari bo‘yicha amaliy trening o‘tkazildi. Uni Bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari K.Gabbazov kirish so‘zi bilan ochib, filiallar tomonidan mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati doimiy ravishda oshirib borilishi ularning samarali faoliyatida muhim asos hisoblanishini ta’kidladi.
IMG_3404..jpg
Yana bir jihat. Har bir filialda sifatni nazorat qilish hamda endi ish boshlagan xodimlarga standartlar asosida ishlashni o'rgatish bo'yicha koordinatorlar tayinlangan.
IMG_3456.JPG
Bundan tashqari, Bankning Filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori O.Do'stmuxamedov tomonidan “Mijozlarga xizmat koʼrsatish standartlari” mavzusida taqdimot qilindi.
IMG_33781.jpg
Qolaversa, “Mijozlarga xizmat koʼrsatish standartlari” asosida barcha bank mahsulotlari va xizmatlari bo'yicha ishlab chiqilgan hamda nashr etilgan “Sales book” (sotuv kitoblari) bilan ishlash tartibi tushuntirildi.
Shuningdek, filial xodimlarining qiziqtirgan savollariga mas'ullar atroflicha javob berishdi.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 3206

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech