Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Lixiang Li 7” avtomobili o‘z egasiga topshirildi

Yangilangan sana: ...
“Lixiang Li 7” avtomobili o‘z egasiga topshirildi
10 Iyun 2026


 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 28-fevralga qadar “Trastbank” bilan birga bo‘ling va sovg‘alarga ega bo‘ling” aksiyasi o‘tkazilgandi. Unda ishtirok etish uchun “Trastbank” tomonidan emissiya qilingan “Mastercard” xalqaro to‘lov kartalari orqali kamida 10 AQSh dollari miqdorida tranzaksiyalarni amalga oshirish zarur edi.12121d  Aksiyada quyidagi sovrinlar o‘ynaldi:
  a) AQShga 1 dona ikki kishi uchun 10 kunlik sayohat yo‘llanmasi;
  b) “Samsung TV” televizori (3 dona);
  d) “Samsung” kir yuvish mashinasi (3 dona);
  e) “iPone 16 Pro” mobil aloqa telefoni (3 dona);
  f) “Apple ipad Air 11” plansheti (3 dona);
  g) elektrosamokat (3 dona).
  Bosh sovrin – Xitoyda ishlab chiqarilgan “Lixiang Li 7” gibrid avtomobili (1 dona).
 Joriy yilning 23-may kuni poytaxtimizdagi “Navro‘z” bog‘ida bank jamoasi va mijozlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, boqqa tashrif buyurgan mehmonlar ishtirokida mazkur Aksiyaning sovrindorlari aniqlangan edi. Shuningdek, ishtirokchilar uchbu jarayonni Bankning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali ham jonli efirda to‘g‘ri-to‘g‘ri kuzatib borishdi.
 Tasodifiy (random) tanlash yo‘li bilan bir qator qimmatbaho sovrinlar egalari aniqlangandi. Xususan, bosh sovrin – Xitoyda ishlab chiqarilgan “Lixiang Li 7” gibrid avtomobili namanganlik Iqbolxon Dadayevaga nasib qilgan edi.121212-45  Bugun, 10-iyun kuni “Trastbank” XAB Bosh ofisida moliya muassasasi mutasaddilari va mijozlari ishtirokida ushbu “Lixiang Li 7” avtomobili I.Dadayevaga tantanali topshirildi.
 – To‘g‘risi, kutmagan edik, – dedi I.Dadayeva. – Hatto g‘oliblar aniqlangan kuni bizga qo‘ng‘iroq qilishganda ham ishonmagandik. Mana, hozir ko‘rib barchasi haqqoniy, shaffof ekanligiga amin bo‘ldim. Guvohi bo‘layotganingizdek, bu oilamizga olam-olam quvonch olib keldi. “Trastbank” chindan ham odamlarning mehrini, ishonchini qozongan dargohlardan ekan. Bank rahbariyati va xodimlariga hamda Aksiya tashabbuskorlariga barcha jarayonlarni ochiq va shaffof tashkillashtirganliklari uchun o‘z minnatdorligimni bildiraman.121212-46 Shu o‘rinda, “Trastbank” bilan birga bo‘ling va sovg‘alarga ega bo‘ling” aksiyasining barcha sovrindorlarini, qolaversa, bosh sovrin – “Lixiang Li 7” avtomobilini qo‘lga kiritgan namanganlik Iqbolxon Dadayevani tabriklab, kelgusidagi ishlariga omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 40

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech