Bugun “Spartakiada – 2025” sport musobaqalari yorqin lahzalar bilan xotiralarga muhrlandi. Boisi, “Qarshi” BXO mag‘lubiyatni tan olishga majbur bo‘lib, finalga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Tabiiyki, bunday natijalarni ishtirokchilar ham, muxlislar ham kutmagan edi.
Yakuniy bosqich qizg‘in tus oldi. “Andijon” va “Raqamli” bank xizmatlari ofislarining to‘psurarlari tomoshabinlarga qiziqarli o‘yin namoyish etdi. “Andijon” BXO jamoasida 7 raqamda o‘ynagan Ahrorjon Alijonov dastlabki golni tuhfa etdi. Unga javoban xuddi shunday 7 raqamda to‘p surgan “Raqamli” jamoasidan Isroil Hikmatov raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Bellashuvlar shiddatli tarzda davom etdi. Andijonlik Husanboy Usmonovning goli yakuniy g‘alaba sifatida qabul qilindi. Umumiy hisob 4:2. “Raqamli” BXO jamoasi “Andijon” BXOga mag‘lub bo‘ldi.
Shunday qilib, boburiylar avlodi andijonliklar keldi va kubogni olib ketdi…

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
467




