“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tarkibiy tuzilmalari rahbarlari va bank xizmatlari ofislari boshqaruvchilari hamda mas’ullar ishtirokida belgilangan biznes-reja ko‘rsatkichlarining yakunlari muntazam ravishda muhokama qilib kelinmoqda. “Trastbank” XAB Boshqaruv Raisi kotibiyati rahbari S.Bekchanov tomonidan “Jizzax” va “Termiz” bank xizmatlari ofislarida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham ayni shu masalalar diqqat markazida bo‘ldi.
Xususan, BXOlarda 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi, biznes-reja ko‘rsatkichlarining har bir yo‘nalishi bo‘yicha tegishli mas’ullarning hisoboti eshitildi. Qolaversa, 2026-yil uchun belgilangan biznes-reja ijrosini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar bilan tanishildi.
Shuningdek, xodimlarning ishga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish, belgilangan vazifalarni bajarishga doir mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
47




