So‘nggi paytlarda telefon orqali odamlarni chalg‘itib, bank karta ma’lumotlari va shaxsiy kodlarni qo‘lga kiritishga urinishlar ko‘paygan.
Agar sizga noma’lum shaxslar qo‘ng‘iroq qilib:
???? Bank kartangiz raqamlari yoki amal qilish muddatini;
???? SMS orqali kelgan bir martalik tasdiqlash kodini;
???? Shaxsiy ma’lumotlaringizni so‘rasa, bu – aniq firibgarlikning belgisi!
Yodda tuting:
⚠️ Hech bir bank yoki rasmiy tashkilot sizdan telefon orqali karta ma’lumotlari yoki tasdiqlash kodlarini so‘ramaydi.
⚠️Shoshmang, bosim ostida qaror qabul qilmang – firibgarlar aynan shunga urinadi.
⚠️ Noma’lum havolalarni ochmang, ishonchsiz manbalardan kelgan zararli .apk fayllarni yuklab olmang.
Aloqa markazi: 1287.
“Trastbank” – ishonch bilan yuzma-yuz!





