“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki moliya muassasasining internet tarmog‘ida joylashgan veb-ilovalar va axborot resurslarini zamonaviy kiberhujumlardan himoyalash, xizmatlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash hamda tarmoq xavfsizligi darajasini oshirish maqsadida WAF (Web Application Firewall) himoya yechimini joriy etish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlab olish maqsadida tender e’lon qiladi.
Tanlov takliflari muhrlangan konvert ko‘rinishida Toshkent shahri “Navoiy” ko‘chasi 7-uy manzilida joylashgan “Trastbank” XAB Bosh ofisi binosida qabul qilinadi.
Takliflarni qabul qilish 2026-yil 2-iyul kuni soat 23:59 ga qadar davom etadi.
Qo‘shimcha ma’lumot va texnik talablar bo‘yicha murojaat uchun telefon:
+998 71 207-62-63 (11303)

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
6



