O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi arafasida mamlakatimizda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish, yurtimiz iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash borasida jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan bir qator yurtdoshlarimiz mukofotlangan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasi tomonidan moliya muassasalari mutasaddilarining faoliyati e’tirof etilib, taqdirlandi. Xususan, “Trastbank” XAB “Darxon” bank xizmatlari ofisi boshqaruvchisi Akmal Tillayev ham bank tizimini rivojlantirishdagi xizmatlari va yuksak masʼuliyati uchun taqdirlandi. Bu, albatta, uning ko‘p yillik tajribasi hamda boshqaruvidagi jamoaviy mehnatga berilgan munosib bahodir.
Shu o‘rinda, “Darxon” BXO boshqaruvchisi A.Tillayevni ushbu mukofot bilan tabriklaymiz va istiboldagi faoliyatida muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
49