Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz xotin-qizlar!

Yangilangan sana: 6 Mart 2026, 12:22
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz xotin-qizlar!
6 Mar 2026

Bahor – yangilanish, yosharish fasli. Daraxtlar kurtaklab, turfa anvoyi gullar xushbo‘y ifori ila o‘ziga maftun etadi. Fasllar kelinchagi aynan xotin-qizlarning bayrami bilan boshlanishi ham bejiz emas. Zero, ayolni bahorga, bahorni esa ayolga qiyoslaymiz. Birdek ardoqlab, qadrlaymiz.photo_2026-03-06_12-04-38.jpg

photo_2026-03-06_12-04-44.jpg Ayol bor ekanki, oilada qut-baraka, ishda unum va hamjihatlik bo‘ladi. Bugun xotin-qizlar har jabhada faol, har ishda yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etmoqda. “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida hozirgi kunda 750 dan ziyod xotin-qizlar faoliyat yuritmoqda. Ulardan 104 nafari mas’uliyatli rahbar lavozimlarida ishlab, ijobiy natijalarni ko‘rsatmoqda. Hamkasblarimiz o‘zlarining zukkoligi, epchil va fidoiyligi bilan namuna timsoliga aylanmoqda. Suyukli rafiqa, munis ona va jonkuyar hamkasb degan e’tirofga sazovor bo‘lmoqda.photo_2026-03-06_12-04-47.jpg

photo_2026-03-06_12-04-49.jpg Bugun, erta tongdan “Trastbank” XAB Bosh ofisi, Amaliyot boshqarmasi va hududlardagi bank xizmatlari ofislari hamda markazlarida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Ishini o‘z oilasidek biladigan hamkasabalarimiz hamda moliya muassasasiga tashrif buyurgan mijozlarga alohida hurmat ko‘rsatilib, ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.photo_2026-03-06_12-04-52.jpg

photo_2026-03-06_12-04-54.jpg Shu o‘rinda, barcha xotin-qizlarni bayram bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik va fasli bahor kabi hamisha latofatli hamda qadrli bo‘lib yurishlarini tilab qolamiz.photo_2026-03-06_12-04-4

photo_2026-03-06_12-04-45

photo_2026-03-06_12-21-47.jpg

photo_2026-03-06_12-21-44.jpg


Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 36

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech