“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki “Toshkent” bank xizmatlari ofisida “mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”lar uchun “Bankomatlardan to‘g‘ri foydalanish qoidalari” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Unda bankomat va terminallardan foydalanish qoidalari, ushbu zamonaviy qurilmalarning funksiyalari to‘g‘risida taqdimotlar qilindi. Bundan tashqari, terminallar (POS) bilan ishlash, firibgarlardan himoyalanish, bankomat kartani yutib yuborgan holatda uni olish tartibi yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.
Seminarda urg‘u berilgan mazkur masalalar bo‘yicha “mahalla bankirlari” va “yordamchi-agent”lar hududlarda aholi orasida tushuntirish olib borishlari muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
15


