Hurmatli aksiyadorlar!
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki 2026-yil 11-avgustda Bank tomonidan 28-chiqariluvdagi bank aksiyalarining qo‘shimcha chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini ma’lum qiladi.
Aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi qarorga muvofiq, mazkur aksiyalar Bankning o‘z mablag‘larini kapitalizatsiya qilish hisobidan Bank aksiyadorlari o‘rtasida 1:1 koeffitsientda joylashtiriladi.
Qo‘shimcha aksiyalarni taqsimlash amalga oshiriladigan aksiyadorlar reyestri 2026-yil 18-avgust ish kuni yakuni holatiga shakllantiriladi.
Kapitalizatsiya jarayonini lozim darajada amalga oshirish, shuningdek, bozorda spekulyativ faollikning oldini olish maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli tashkilotlar tomonidan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki aksiyalari bilan bitimlar tuzish 2026-yil 14-avgustdan boshlab vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.
Aksiyalar bilan bitimlar tuzishning boshlanish sanasi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
12




