“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, moliya muassasasiga tashrif buyurgan mijozlarga virtual olam firibgarlaridan ogoh bo‘lishga undovchi tarqatma materiallar taqdim etilmoqda. Qolaversa, mazkur yo‘nalishda tayyorlangan videoroliklar ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilib, aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga erishilmoqda.
Bundan tashqari, yaqinda “Trastbank” XAB “Darxon”, “Yakkasaroy”, “Raqamli”, “Bektemir” va “Toshkent” bank xizmatlari ofislarida o‘quv seminarlari o‘tkazildi. Unda Bank xavfsizligi va axborot texnologiyalari departamenti mutaxassislari tomonidan bugungi kunda tobora dolzarb bo‘lib borayotgan kiberxavfsizlik bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi.
Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda yuborilayotgan shubhali havolalarni ochmaslik, zararli apk fayllarni yuklab olmaslik, bank kartalari ma’lumotlarini oshkor etmaslik zarurligi ta’kidlandi. Bundan tashqari, virtual makondagi faoliyat madaniyati, axborot texnologiyalari sohasiga oid jinoyatchilikning oldini olishga doir taqdimotlar qilindi.
Shuningdek,ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi.
#trastbankuz #trustbankuz #kiberxavfsizlik #kibermadaniyatoyligi





