Shu kunlarda "Trastbank" xususiy aksiyadorlik bankining hududlardagi bank xizmatlari ofislarida ijro intizomi va davlat tilida ish yuritish masalalariga oid seminar o'tkazilmoqda.
Xususan, joriy yil 14-noyabr kuni "Farg’ona" bank xizmatlari ofisida Boshqaruv Raisi Kotibiyati rahbari S.Bekchanov boshchiligida biznes-reja ko’rsatkichlari ijrosi va ijro intizomi holati batafsil muhokama qilindi hamda tegishli mas’ullarga zaruriy ko’rsatmalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.
Bu kabi tadbirlar bugungi kunda "Trastbank" rahbariyati tomonidan Respublikamizning barcha hududlarida bank xizmatlari ofislarida bank Boshqaruvi tomonidan belgilangan vazifalar, biznes-reja ko’rsatkichlari ijrosi, ijro intizomi va davlat tilida ish yuritilishini bo’yicha doimiy nazorat ishlari olib borilayotganligining misolidir.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
53



