"Trastbank" xususiy aksiyadorlik banki Bosh ofisida O'zbekiston psixologlar assotsiatsiyasi a'zosi, tajribali psixolog Shoira Isakova ishtirokida "Ayollarning psixologik salomatligi bilan bog'liq muammolar" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Ta'kidlanganidek, ayol go‘zal bo‘lsa — olam go‘zal, ayol baxtli bo‘lsa — oila, butun jamiyat baxtli bo‘ladi. Ana shu qarash ongu shuurimizga chuqur kirib borayotgani va hayotiy falsafamizga aylanayotgani ham ayni haqiqatdir.
Davra suhbatida xotin-qizlarning stress holatlariga bardoshliligi, oila va ishda birdek muvaffaqiyatga erishishida ahamiyat berishi zarur bo'lgan jihatlar haqida so'z yuritildi. Qolaversa, psixologik muammolarni bartaraf etish yo'llari haqida amaliy tajribalardan misollar keltirilib, zarur tavsiyalar berildi.
Shuningdek, davra suhbatida yig'ilganlarning savollariga mutaxassis tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
0



