“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti tomonidan “Ayollar va ularning salomatligi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Unda xalqaro toifadagi nutritsiolog Umida Solihboyeva ishtirok etib, ayol sog‘ligi, ruhiy holati va ish unumdorligi yuzasidan taqdimot qildi. Xususan, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi, muzokalar olib borishi va jamoada ishlash qobiliyati kabi masalalarga urg‘u berdi.
Bundan tashqari, seminarda onalik davridagi psixologik o‘zgarishlar, stress va xavotirlikni yengish usullari, ish va oilani uyg‘unlashtirishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish, ish va shaxsiy hayot muvozanatini saqlash, charchoqning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan atroflicha javob olishdi.

Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
16




