Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Assalom, maktab!” “Trastbank”da bolajonlar uchun bayram tashkil etildi

Yangilangan sana: 3 Sentabr 2025, 16:19
“Assalom, maktab!”  “Trastbank”da bolajonlar uchun bayram tashkil etildi
26 Avg 2025

 Yozni maroq bilan o‘tkazgan bolajonlar maktabdagi birinchi qo‘ng‘iroqni hayajon va quvonch bilan kutishmoqda. Ularning ilm dargohidagi ilk kunini yorqin lahzalarga boy o‘tkazishiga barchamiz birdek mas’ulmiz.photo_2025-08-26_16-58-57.jpg photo_2025-08-26_16-59-08.jpg Shu jihatdan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida yangi o‘quv yili arafasida moliya muassasasida faoliyat yuritadigan xodimlarning 1-sinfga qadam qo‘yayotgan farzandlari uchun bayramona ruhda tadbir tashkil etildi. Unda so‘zga chiqqan “Trastbank” XAB Boshqaruv Raisi o‘rinbosari K.Gabbazov bilim dargohi tomon qadam tashlayotgan jajji o‘g‘il-qizlarni yaqinlashib kelayotgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” bayrami bilan tabrikladi. Bolajonlarga ustozlari beradigan bilimlarni puxta o‘zlashtirishi va istiqbolda yetuk mutaxassis bo‘lib, Ona Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shuvchi insonlar sifatida voyaga yetishlarini tiladi.photo_2025-08-26_16-59-14.jpg
photo_2025-08-26_16-59-00.jpg Tadbirda bolajonlarga barcha o‘quv qurollari jamlangan sovg‘alar topshirildi. Qolaversa, ertak qahramonlari ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari, qiziqarli o‘yinlar orqali ular uchun haqiqiy bayram muhiti yaratildi.photo_2025-08-26_16-59-03.jpg
photo_2025-08-26_16-59-05.jpg “Trastbank” tomonidan an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan bunday tadbirlar nafaqat xodimlar, balki ularning oila a’zolari, ayniqsa, ertangi kun-egalariga bo‘lgan samimiy e’tiborni yaqqol namoyon etmoqda. Tabiiyki, bu kabi mehr va g‘amxo‘rlik bolajonlar qalbida unutilmas xotiralar bilan muhrlanadi.photo_2025-08-26_16-59-10.jpg
photo_2025-08-26_16-59-12.jpg Yangi o‘quv yili arafasida hududlardagi bank xizmatlari ofislarida ham ana shunday bayram tashkil etilib, bolalarga o‘quv qurollari topshirilmoqda.photo_2025-08-27_18-38-21.jpg
photo_2025-08-27_18-38-19.jpg
photo_2025-09-02_10-1

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 572

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech