2026-yil 20-noyabr kuni soat 15:00 da Toshkent shahri "Navoiy" ko‘chasi 7-uy manzilida joylashgan “Trastbank” XAB Bosh ofisida Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.
Tashkiliy savollar:
1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. Sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash.
Yig‘ilishi kun tartibi:
1. Aksiyalarning 28-qo'shimcha chiqarilishi yakunlari va Bank ustav kapitalining yangi miqdorini tasdiqlash.
2. E’lon qilingan aksiyalarning cheklangan miqdorini aniqlash.
3. Bank Ustaviga o‘zgartirishlar kiritish.
“Trastbank” XAB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2026-yil 20-noyabr kuni Toshkent shahri "Navoiy" ko‘chasi 7-uy manzilida, “Trastbank” XAB binosining 5-qavatida o‘tkaziladi.
Ro‘yxatga olish soat 14:00da boshlanadi, majlis boshlanish vaqti soat 15:00 da.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar yuborish uchun aksiyadorlar reestri shakllantiriladigan sana: 2026-yil 26-oktabr holatiga.
“Trastbank” XAB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida
2026-yil 16-noyabr holatiga shakllantirilgan “Trastbank” XAB aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan aksiyadorlar ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.
Bank aksiyadorlari navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar bilan quyidagi manzilda tanishishlari mumkin: Toshkent shahri "Navoiy" ko‘chasi 7-uy.
Bank aksiyadorlari o‘zi bilan pasport yoki ID karta (shaxs guvohnomasi), aksiyadorlar vakillari esa ID karta, pasport va Bank aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqini beruvchi, amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan qatnashishlari talab etiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefonlar orqali olishingiz mumkin:
(78)140-00-88, (71) 207-62-12.
www.trastbank.uz
E-mail: info@trustbank.uz
Bank Kuzatuv Kengashi.
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
4


