Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

1 iyul – O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritilgan kun

Yangilangan sana: 1 Iyul 2022, 12:25
1 iyul – O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritilgan kun
1 Iyul 2022

1-iyul O‘zbekistonda Milliy valyuta kuni sifatida nishonlanadi. Oʻzbekiston milliy valyutasi soʻmdir. Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan so‘m yagona to‘lov vositasi sifatida mamlakatimiz hududida muomalaga kiritilgan.

1994-yilda 1, 3, 5, 10, 25, 50 va 100 soʻmlik ilk qogʻoz banknotalar hamda tanga pullar muomalaga kiritilgan.

Milliy valyuta mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi. Bugun mahalliy ishlab chiqarish hajmining oshishi, iste’mol tovarlari va naqd pul o‘rtasidagi mutanosiblikning ta’minlanishi barobarida so‘mning xarid qobiliyati ham ortib bormoqda.

Zero, milliy valyuta – xalqimiz faxri bo‘lib, O‘zbekiston salohiyatini yanada yuksaltirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 5698

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech