Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Saytga kirish

Shoshilinch Pul kerakmi? “Trastbank” sizga tezkor yordam beradi!

Yangilangan sana: 3 Mart 2022, 16:28
Shoshilinch Pul kerakmi? “Trastbank” sizga tezkor yordam beradi!
3 Mar 2022

Kutilmaganda moliyaviy xarajatlar yuzaga keldimi, kimdandir qarz olishga harakat qilyapsiz, biroq buning imkoni boʻlmayaptimi? “Trastbank” – Sizga qisqa muddatli va har qanday maqsadlar uchun pul mablagʻlarini tez va oson olish imkonini beradigan mikroqarzni taklif etadi.
Mikroqarz olish uchun kimga va qayerga murojaat qilish kerak, qancha vaqt sarflanadi? Shu kabi savollar bilan “Trastbank”ning Chakana bank xizmatlarini sotish boshqarmasi boshligʻi Umidjon Malikovga yuzlandik.

KIMLARGA TAQDIM ETILADI?

–  Mikroqarzlar foiz toʻlovlari asosida muddatli va oʻz vaqtida qaytarish shartlari asosida doimiy daromadga ega boʻlgan jismoniy shaxslarga taqdim etiladi.

MIKROQARZ QANCHA MIQDORDA BERILADI VA FOIZI QANCHA BOʻLADI?

–  Mikroqarz miqdori qarz oluvchi shaxs (mijoz)ning toʻlov qobiliyatiga qarab 50 mln soʻmgacha ajratiladi.

Bunda, 12 oy muddatga yillik 24% foiz stavkada, 24 oy muddatga yillik 26% foiz stavkada taqdim etiladi.

Qolaversa, 1 yildan ortiq mehnat stajiga ega boʻlgan Maktabgacha taʼlim, xalq taʼlimi, oliy va oʻrta maxsus taʼlim hamda sogʻliqni saqlash vazirliklari, shuningdek, bank tizimi xodimlari uchun 24 oy muddatga yillik 22% stavkada ajratiladi.

QANDAY HUJJATLAR TALAB ETILADI?

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/identifikatsiya ID-kartasi).

GAROV TALAB QILINADIMI?

–  Mikroqarz boʻyicha taʼminot sifatida uchinchi shaxs kafilligi, kreditni qaytmasligi boʻyicha sugʻurta polisi yoki likvidlikka ega boʻlgan mol-mulk garovi va boshqalar boʻlishi mumkin.

MIKROQARZ OLISH UCHUN QANCHA VAQT TALAB ETILADI?

Mikroqarz olish uchun ariza va xujjatlar taqdim etilgandan soʻng uch ish kuni davomida koʻrib chiqiladi hamda qaror qabul qilinadi.

MIKROQARZNI ONLAYN TARTIBDA HAM OLISH MUMKINMI?

–  “TrustPay” mobil ilovasi orqali masofadan turib ham mikroqarz olish imkoni mavjud. Bunda mikroqarz bankimizda ochilgan plastik kartaga oʻtkazib beriladi. Onlayn mikroqarzning asosiy sharti jismoniy shaxslar oylik ish haqi daromadlarini “Trastbank” XABda ochilgan plastik kartalari orqali olishlari kerak boʻladi.

Batafsil maʼlumotlarni “trastbank.uz” sayti va (78) 140-08-08 raqamlariga qoʻngʻiroq qilib olish mumkin.

Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 749
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech