“Xizmatlar ipotekasi” krediti
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi arafasida yangi “Xizmatlar ipotekasi” kreditini joriy etdi. Yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan mazkur kredit mahsuloti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi “Buxoro viloyatiga qilingan tashrif natijadorligini oshirish, muqobil energiya manbalarini joriy etish hamda sanoat korxonalari uchun jozibador sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan, sanoat zonalari va boshqa hududlarda tashkil etilgan xizmat ko‘rsatish obyektlarini sotib olish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur “Xizmatlar ipotekasi” kreditini quyidagi qulay shartlar asosida rasmiylashtirish uchun hududlardagi Bank xizmatlari ofislariga murojaat qiling.
- Kredit ajratish shartlari:
Kredit summasi |
500 000 000,0 (Besh yuz million) so‘mgacha bo‘lgan miqdorda |
Kredit maqsadi |
tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatish obyekti uchun bino-inshoot va/yoki asbob-uskunalar sotib olish uchun |
Kredit muddati |
36 oygacha |
Аsosiy qarz bo‘yicha imtiyozli davr muddati |
6 oygacha |
Kredit valyutasi |
Milliy valyutada |
Milliy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi |
Yillik 26% foizdan kam bo‘lmagan miqdorda; |
Xizmatlar ipotekasi quyidagi yo‘nalishlarga taqdim etilmaydi |
- qimorxona va billiardxonalar, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ular savdosini tashkil etish uchun talab etiladigan bino va uskunalar; - ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish hamda alohida tashkil etiladigan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari bino va uskunalari (bundan savdo va servis, yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlari, jumladan, kompleks tarkibida avtomobillarga yonilg‘i quyish hamda savdo shoxobchalari faoliyatini tashkil etish, “yashil” texnologiyalarni, xususan, elektrmobillarni quvvatlantirishda foydalaniladigan bino va uskunalari mustasno); - transport vositalari sotib olish; - qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshiriladigan loyihalar (bundan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlashda foydalaniladigan bino va uskunalar mustasno) |
Loyiha taʼminoti |
- garovga qabul qilinayotgan ko‘chmas mulklarning garov qiymati olinayotgan kredit summasining 125 foizidan kam bo‘lmasligi lozim, bunda noturar joy va/yoki turar-joy bo‘lishi mumkin (turar-joyda hech kim roʻyxatda boʻlmagan taqdirda); - garovga qabul qilinayotgan avtotransport vositalarining garov qiymati olinayotgan kredit summasining 125 foizidan kam bo‘lmasligi hamda ishlab chiqarilganligiga 3 yildan ko‘p bo‘lmasligi lozim (Davlat texnik nazorat boshqarmasidan ro‘yxatdan o‘tadigan maxsus texnika vositalari garov ta’minoti sifatida qabul qilinmasin) |
Ta’minotga bo‘lgan talab |
- garovga taqdim etilayotgan garov mulklari boshqa garovlardan ozod bo‘lishi lozim; - uchinchi shaxs kafilligi faqat qo‘shimcha taʼminot sifatida qabul qilinishi mumkin |
Alohida shartlar |
- ushbu loyihaga qarzdor/mijoz o‘z mulki (pul mablag‘i, moddiy aktivlari) bilan loyiha umumiy qiymatining 30 foizidan kam bo‘lmagan miqdorida qatnashish sharti bilan; - 10 tadan kam bo‘lmagan yangi ishchi o‘rni yaratish sharti bilan; - kredit hisobiga sotib olinadigan bino-inshoot va/yoki asbob-uskunalarni garovga qabul qilish Bosh bank kredit komissiyasi ruxsati bilan amalga oshiriladi |