Kichik va o'rta biznes uchun jalb qilingan resurs hisobidan moliyalashtirish
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ moliyaviy resurs taqdim etish shatrlari:
|
Loyiha |
kichik va o‘rta (yirik) tadbirkorlik subyektlarining tadbirkorlik faoliyatidan iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat ko‘rish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar va ishlar majmui |
|
Rеsurs taqdim etish shartlari va tartibi |
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalariga – Yillik 22% stavkada; - yashil va energiya samarador texnologiyalarni joriy qilish loyihalariga – yillik 20% stavkada; - kichik tadbirkorlik sub’ektining 1ta loyihasi uchun – 1 500 000 000 so‘mgacha; - o‘rta tadbirkorlik sub’ektining 1ta loyihasi uchun – 5 000 000 000 so‘mgacha; - yashil va energiya samarador texnologiyalarni joriy qilish hamda yoshlar va ayollar tadbirkorligi loyihalariga mazkur bandning yuqorida belgilangan miqdorga nisbatan 1,5 barobargacha oshirilgan miqdorda; - resurslardan faqat ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, yashil va energiya samarador texnologiyalarni joriy qilish loyihalariga kredit ajratish uchun foydalanish. - Barcha toifadagi (kichik, o‘rta va yirik) tadbirkorlik sub’ektlarini “Chempion” tadbirkorga olib chiqish uchun: tuman, shahar darajasiga olib chiqish uchun - 8 milliard so‘mgacha; Respublika, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasiga olib chiqish uchun - 10 milliard so‘mgacha; Bunda, taqdim etiladigan resurs hisobiga amalga oshiriladigan loyiha ishga tushirilishi natijasida tadbirkorlik sub’ekti “Chempion” tadbirkor toifasiga, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 martdagi PF-50-son Farmonining 6-bandida belgilangan mezonlarga chiqishi lozim. |
|
Ajratiladigan krеdit muddatlari |
- aylanma mablag‘ni shakllantirish uchun - 18 oygacha, 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan; - investitsion loyihalarga - 84 oygacha, 24 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan. |
|
Resurs hisobidan quyidagi maqsadlarga kredit taqdim etilmaydi |
- qimorxona va billiardxonalar, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ular savdosini tashkil etish; - ilgari olingan kreditlarni yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish; - sug‘urta kompaniyalari faoliyatini tashkil etish; - yordam ko‘rsatilayotgan loyihalar bo‘yicha ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan yengil avtotransport vositalarini xarid qilish. - qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshiriladigan loyihalar (bundan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlashda foydalaniladigan bino va uskunalar mustasno) |
