Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Ish tartibi:
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Kreditlash

Kichik va o'rta biznes uchun jalb qilingan resurs hisobidan moliyalashtirish

Yangilangan sana: ...

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ moliyaviy resurs taqdim etish shatrlari:

Loyiha

kichik va o‘rta (yirik) tadbirkorlik subyektlarining tadbirkorlik faoliyatidan iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat ko‘rish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar va ishlar majmui

Rеsurs taqdim etish shartlari va tartibi

- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalariga – Yillik 22% stavkada;

- yashil va energiya samarador texnologiyalarni joriy qilish loyihalariga – yillik 20% stavkada;

 - kichik tadbirkorlik sub’ektining 1ta loyihasi uchun – 1 500 000 000 so‘mgacha;

- o‘rta tadbirkorlik sub’ektining 1ta loyihasi uchun – 5 000 000 000 so‘mgacha;

- yashil va energiya samarador texnologiyalarni joriy qilish hamda yoshlar va ayollar tadbirkorligi loyihalariga mazkur bandning yuqorida belgilangan miqdorga nisbatan 1,5 barobargacha oshirilgan miqdorda;

- resurslardan faqat ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, yashil va energiya samarador texnologiyalarni joriy qilish loyihalariga kredit ajratish uchun foydalanish.

- Barcha toifadagi (kichik, o‘rta va yirik) tadbirkorlik sub’ektlarini “Chempion” tadbirkorga olib chiqish uchun:

tuman, shahar darajasiga olib chiqish uchun - 8 milliard so‘mgacha;

Respublika, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasiga olib chiqish uchun - 10 milliard so‘mgacha;

Bunda, taqdim etiladigan resurs hisobiga amalga oshiriladigan loyiha ishga tushirilishi natijasida tadbirkorlik sub’ekti “Chempion” tadbirkor toifasiga, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 martdagi PF-50-son Farmonining 6-bandida belgilangan mezonlarga chiqishi lozim.

Ajratiladigan krеdit muddatlari

- aylanma mablag‘ni shakllantirish uchun - 18 oygacha, 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan;

- investitsion loyihalarga - 84 oygacha, 24 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan.

Resurs hisobidan quyidagi maqsadlarga kredit taqdim etilmaydi

- qimorxona va billiardxonalar, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ular savdosini tashkil etish;

- ilgari olingan kreditlarni yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish;

- sug‘urta kompaniyalari faoliyatini tashkil etish;

- yordam ko‘rsatilayotgan loyihalar bo‘yicha ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan yengil avtotransport vositalarini xarid qilish.

- qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshiriladigan loyihalar (bundan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlashda foydalaniladigan bino va uskunalar mustasno)

Kalkulyator

Talab qilinadigan kredit summasini kiriting
Kreditni to’lash uchun oylar miqdorini tanlang
Sug‘urta kredit muddatiga rasmiylashtiriladi. Agar ushbu maydon to‘ldirilmasa avtomatik ravishda maksimal xarajat aks ettiriladi.
Mulkni baholash bo‘yicha xarajatlar mustaqil ravishda to‘ldirilishi mumkin. Garov mulkini baxolash xarajati o‘rtacha 3,0 mln. so‘m miqdorida olingan. Agar ushbu maydon to‘ldirilmasa avtomatik ravishda o‘rtacha xarajat aks ettiriladi.
Notarial idora tomonidan, belgilangan miqdorlarda davlat boji to‘lanadi. Garov shartnomasini notarial rasmiylashtirish xarajati o‘rtacha 1,0 mln. so‘m miqdorida olingan. Agar ushbu maydon to‘ldirilmasa avtomatik ravishda o‘rtacha xarajat aks ettiriladi.


«Trastbank» XAB tizimidan kredit olish uchun kichik biznes sub'ektlari tomonidan to'ldiriladigan ON-LINE ariza


Faylning maksimal hajmi 10.00 MB


* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar

«Trastbank» XAB tizimidan kredit olish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to'ldiriladigan ON-LINE ariza


Faylning maksimal hajmi 10.00 MB


* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech