Investitsiya maqsadlariga yo‘naltirilgan kreditlar
1. Kreditlash ob’ekti: Qurilish ishlarini bajarish, rekonstruksiya qilish, texnik va texnologik jihatdan ta’minlanishi hamda asosiy fondlarni sotib olish va ularni tashkil etish maqsadlari uchun ajratiladi.
Kreditning muddati: 60 oygacha.
Izoh: Kredit ajratishda kredit bo‘yicha belgilanadigan kreditning yillik foiz stavkasi mijozning moliyaviy ahvoli, kredit ta’minoti turi, kredit xatari va boshqa faktorlar asosida belgilanadi.
2. Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va intensiv bog‘lar tashkil etish uchun qishloq xo‘jaligida zarur asosiy vositalar sotib olishga kreditlar ajratish:
- 36 oy muddatga (asosiy qarz bo‘yicha 1 yilgacha imtiyozli davr bilan);
- milliy valyutada loyihaning 70 foizigacha bo‘lgan miqdorda (Bunda, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan 8 foizgacha kompensatsiya yoki kredit summasining 50 foizigacha miqdorda kafillik asosida) kreditlar taqdim etish;
- kreditning 125 foizi miqdorida bankni qoniqtiradigan ta’minot taqdim etilishi shart.