Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A
Mobil talqin
1287, +998 78 140-00-88
Ishonch telefoni
+998 71 207-36-45
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Call center
1287,
+998 78 140-00-88
Aktsiyadorlarga tezkor bog'lanish
+998 78 140-00-88
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00

“Capital house” krediti

Yangilangan sana: 10 Avgust 2026, 10:59

Capital house” krediti

Ko‘rsatkichlar

Asosiy talablar

Mahsulot nomi

Capital House

Kreditlash shartlari

Kredit maqsadi

Ko‘chmas mulk sotib olish maqsadida (turar va/yoki noturar) pul o‘tkazish yo‘li bilan (sotuvchi yuridik shaxs bo‘lgan taqdirda) va/yoki plastik kartaga o‘tkizish (sotuvchi jismoniy shaxs bo‘lgan taqdirda))

Tadbirkorlik faoliyat turi

Barcha tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (yakka tartibdagi tadbirkorlar bundan mustasno)

Kredit summasi

10 000 000 000,00 so‘mgacha

Bunda barcha amaldagi kreditlari bilan birga, bir qarz oluvchi yoki bir-biriga daxldor qarz oluvchilar uchun barcha kredit qarzdorliklarini hisobga olgan holda 10 000 000 000,0 so‘mdan oshmagan miqdorda

Kredit muddati

60 oydan oshmagan muddatgacha

Asosiy qarz bo‘yicha imtiyozli davr muddati

12 oydan oshmagan muddatgacha

Kredit valyutasi

Milliy valyutada

Milliy valyutada ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasi

Kredit muddati

Imtiyozli davr

Asosiy depozit hisobvarag‘i kredit ajratayotgan bank xizmatlari ofisida mavjud mijozlarga

Ikkilamchi depozit hisobvarag‘i kredit ajratayotgan bank xizmatlari ofisida mavjud bo‘lgan mijozlarga

12 oygacha

3 oy

21 %

22 %

13 oydan 36 oygacha

6 oy

22 %

23 %

37 oydan 60 oygacha

12 oy

23 %

24 %

Mijozning o‘z ulushi

Kredit hisobiga sotib olinayotgan ko‘chmas mulkning oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilib o‘tilgan summaning kamida 20 foiz miqdorida qarz oluvchining o‘z mablag‘lari hisobidan (pul ko‘rinishida) amalga oshirilishi shart

Kredit turi

Yopiq (kredit liniyasi ochmasdan)

Muddati o‘tgan foiz to‘lovi yuzaga kelganda o‘rnatiladigan penya

Ajratiladigan kreditlarning muddati o‘tgan foiz to‘lovi yuzaga kelgan taqdirda har bir muddati o‘tgan kun uchun to‘lov muddati o‘tgan qarzdorlikdan 0,5% miqdorida penya (jami penya summasi muddati o‘tgan foiz summasining 50%dan oshmagan miqdorda) to‘lov undirilishi anderrayter bayonnomalarida hamda kredit shartnomasi shartlarida belgilab o‘tilsin

Taʼminotga bo‘lgan talab, jumladan:

- Qonunchilikda taqiqlanmagan ta’minot turlari ostida (ko‘chmas mulk, avtotransport vositasi, sug‘urta polisi, pul mablag‘lari garovi (bunda kreditning garov mulki bilan taminlangan qismi kredit summasini kamida 100 foizga qoplashi lozim, qolgan qismi sug‘urta polisi, pul mablag‘larigarovi va/yoki uchunchi shaxs kafilligi bilan qoplanishi mumkin (bunda jismoniy shaxs kafilligi faqatgina qo‘shimcha ta’minot sifatida qabul qilinishi mumkun))

- garov ta’minoti noturar joy, turar joy va/yoki avtotransport vositasi bo‘lishi lozim (turar joyda hech kim roʻyxatda boʻlmagan taqdirda);

- boshqa garovdan ozod bo‘lishi lozim (“Trastbank” XABda aynan shu mijozning boshqa kreditlari boʻyicha garovda boʻlgan hollar bundan mustasno).

- kredit hisobiga sotib olinayotgan mulk (“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Kengashining 707-sonli ““Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankida beriladigan kreditlar bo‘yicha ta’minot qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom”ga muvofiq mustaqil baxolash qiymatining 70 foizigacha bo‘lgan miqdorida (biroq oldi sotdi shartnomasi summasidan oshmagan miqdorda).

Avtotransport garoviga bo‘lgan talablar

- garovga qabul qilinayotgan avtotransport vositalarining ishlab chiqarilganligiga 5 yildan ko‘p bo‘lmasligi lozim (Davlat texnik nazorat boshqarmasidan ro‘yxatdan o‘tadigan maxsus texnika vositalari garov ta’minoti sifatida garovga qabul qilinmaydi)

- boshqa garovdan ozod bo‘lishi lozim (“Trastbank” XABda aynan shu mijozning boshqa kreditlari boʻyicha garovda boʻlgan hollarda bundan mustasno).

Kredit obyekti bahosini aniqlash

Sotib olinayotgan ko‘chmas mulk bahosini belgilashda vakolatlar doirasida amaliyot boshqarmasi hamda barcha bank xizmatlari ofislari kredit komissiyalari a’zolari xulosasiga asosan hamda bahoga baholash bo‘yicha belgilangan vakolatidan yuqori bo‘lgan mulklar bahosini bosh bank baholash mutaxassislari xulosasiga asosan belgilanadi

Tadbirkorlik subyektiga bo‘lgan talablar

Tadbirkorlik faoliyatiga bo‘lgan talab

Faoliyat yuritayotgan davri 12 oydan kam bo‘lmasligi lozim

Hisob raqamiga bo‘lgan talab

Kredit ajratilayotgan davrda asosiy yoki ikklamchi hisobraqami kredit ajratayotgan bank xizmatlari ofisida bo‘lishi lozim

Hisob raqam holatiga bo‘lgan talab

2-sonli kortatekada qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi lozim (bunda oxirgi 3 oyda qarzdorlik uzluksiz 20 kalendar kunidan ortiq bo‘lmasligi lozim)

Hisob varag‘i aylanmasiga bo‘lgan talab

Hisobvarag‘ida oxirgi 6 oy davomida tadbirkorlik faoliyatidan tushgan umumiy pul tushumlari kredit summasining 50 foizidan kam bo‘lmasligi lozim (biroq qarzdorning o‘rtacha bir oylik tushumlari amaldagi kredit shartnomalari bo‘yicha to‘lovlarni qoplash uchun yetarli bo‘lishi lozim)

Buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalari

Nolikvidlik balans va so‘ngi moliyaviy hisobotlari zarar bilan yakunlangan bo‘lmasligi lozim (Bunda oxirgi yillik va tezkor balans hisobga olinadi)

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar majburiyatlariga bo‘lgan talab

- Amaldagi kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklar mavjud bo‘lmasligi lozim;

- Muddati o‘tgan debitor, kreditor qarzdorligi bo‘lmasligi lozim.

Kredit tarixiga bo‘lgan talab

Qarz oluvchida so‘ndirilmagan muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmagan va oxirgi 6 oyda uzluksiz 20 kalendar kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorliklarga yo‘l qo‘ymagan bo‘lishi lozim

* Mаzkur kredit mahsuloti doirasida ajratiladigan umumiy kreditlar qoldig‘i 10 000 000 000,0 so‘mdan oshmasligi lozim.

Korporativ mijozlar uchun kredit shartnomasining namunaviy  yopiq shakli (yuklab olish)
Kreditning asosiy shartlar to'g'risida axborot varaqasi (yuklab olish)


Kalkulyator

Talab qilinadigan kredit summasini kiriting
Kreditni to’lash uchun oylar miqdorini tanlang
Sug‘urta kredit muddatiga rasmiylashtiriladi. Agar ushbu maydon to‘ldirilmasa avtomatik ravishda maksimal xarajat aks ettiriladi.
Mulkni baholash bo‘yicha xarajatlar mustaqil ravishda to‘ldirilishi mumkin. Garov mulkini baxolash xarajati o‘rtacha 3,0 mln. so‘m miqdorida olingan. Agar ushbu maydon to‘ldirilmasa avtomatik ravishda o‘rtacha xarajat aks ettiriladi.
Notarial idora tomonidan, belgilangan miqdorlarda davlat boji to‘lanadi. Garov shartnomasini notarial rasmiylashtirish xarajati o‘rtacha 1,0 mln. so‘m miqdorida olingan. Agar ushbu maydon to‘ldirilmasa avtomatik ravishda o‘rtacha xarajat aks ettiriladi.


«Trastbank» XAB tizimidan kredit olish uchun kichik biznes sub'ektlari tomonidan to'ldiriladigan ON-LINE ariza


Faylning maksimal hajmi 10.00 MB


* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar

«Trastbank» XAB tizimidan kredit olish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to'ldiriladigan ON-LINE ariza


Faylning maksimal hajmi 10.00 MB


* To’ldirish majburiy bo’lgan katakchalar

Xizmat sifati haqida fikrlaringizni qoldiring

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech